Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZ RAHBARI – XALQARO ANJUMANDA

MARKAZ RAHBARI – XALQARO ANJUMANDA

Ayni kunlarda poytaxtimizda Turkiy davlatlar tashkiloti, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va Turkiy davlatlar geografik kengashi hamkorligida “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning oʻrni” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

Ilmiy muassasalar va oliy oʻquv yurtlari olimlari, davlat va jamoat idoralari vakillari, qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etayotgan konferensiya koʻhna Turkistonning siyosati va davlat boshqaruvidan to ilm-fan, madaniyat va meʼmorlikning murakkab tizimigacha boʻlgan taʼsirini ochib berishni maqsad qilgan.

Anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov qatnashib, “Turkistonda Imom Buxoriy merosi va milliy qadriyatlarimiz” mavzusida maʼruza qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …