Home / FOTO LAVHALAR / SAUDIYA ARABISTONIDAGI YIRIK ILMIY MUASSASA BILAN HAMKORLIK OʻRNATILADI

SAUDIYA ARABISTONIDAGI YIRIK ILMIY MUASSASA BILAN HAMKORLIK OʻRNATILADI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga 30 noyabr kuni Saudiya Arabistonining Podshoh Salmon nomidagi Xalqaro arab tili akademiyasi Bosh kotibining oʻrinbosari professor Ibrohim Abanmay rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Markaz rahbari Shovosil Ziyodov kutib olib, muassasa faoliyati va muzey bilan tanishtirdi.

Oʻzaro muloqotda delegatsiya rahbari akademiya faoliyati, unda arab tilini oʻqitish boʻyicha qoʻllanayotgan uslublar, arabshunoslikka oid milliy va xalqaro miqyosdagi ilmiy tadqiqot ishlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Markaz rahbariyati boshchiligida bu yerda olib borilayotgan ilmiy faoliyatning yutuqlariga, jumladan, xalqaro hamkorlik, qoʻlyozma asarlar tadqiqi sohasidagi ishlarga, shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Dorimiy kabi allomalarimizning nodir asarlari tarjimalariga yuqori baho berdi.

Uchrashuvda yaqin kelajakda ikki ilmiy muassasa oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish istiqbollari yuzasidan fikr almashilib, qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, birgalikda xalqaro ilmiy anjumanlar va oʻquv seminarlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …