Home / XALQARO YANGILIKLAR / Millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi Rossiyada oʻtkazilgan konferensiyada taqdim etildi

Millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi Rossiyada oʻtkazilgan konferensiyada taqdim etildi

Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Tomsk shahrida boʻlib oʻtgan “Sibir – muloqot hududi” forumi doirasida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi.

Konferensiya davomida Oʻzbekistonda millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimot oʻtkazildi.

Taqdimotda Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda vijdon erkinligi taʼminlash, diniy tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.  Oʻzbekiston Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida” va boshqa qonunlarning mazmun-mohiyatlari urgʻulandi.

Oʻzbekiston Prezidentining maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi xalqaro tashabbuslari  alohida taʼkidlandi.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati haqidagi muhim yangiliklar qatnashchilar eʼtiboriga havola qilindi.

Tadbir doirasida Novosibirsk, Tomsk, Kemerovo viloyatlari diniy-maʼrifiy soha vakillari bilan muzokaralar oʻtkazildi.

Ularda Oʻzbekiston tomoni bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, kelgusida mazkur hududlarda doimiy va vaqtincha yashayotgan vatandoshlar ishtirokida maʼnaviy tadbirlarni tashkil etish toʻgʻrisida kelishib olindi.

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …