Home / YANGILIKLAR / JAMOATCHILIK EʼTIBORIGA NOYOB KITOB HAVOLA QILINDI

JAMOATCHILIK EʼTIBORIGA NOYOB KITOB HAVOLA QILINDI

Poytaxtimizda 29 noyabr kuni “Yurtimizning buyuk donishmand allomalari” nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Unda yurtimizning yetuk tarixchi manbashunos va sharqshunoslari, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, oliy taʼlim muassasalari olimlari, tadqiqotchilar, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi olimlari bilan hamkorlikda nashrga tayyorlangan 256 betli kitob turizm sohasi vakillariga moʻljallangan boʻlib, undan qirq nafar alloma ajdodimiz haqidagi maʼlumotlar oʻrin olgan. Ishonchli manbalardan saralab, toʻplab olingan bu qiziqarli maʼlumotlarning ayrimlari ommaga ilk bor taqdim etilmoqda.

Taqdimotda kitobning masʼul muharriri, Markaz direktorining Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev yangi nashrning ahamiyatga molik jihatlari, hali koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan mutafakkirlar hayoti va ijodi, ziyoratgohlar va ular bilan bogʻliq donishmandlarning hayot yoʻli haqida maʼlumot berdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Rossiya musulmonlariga yangi nashrlar taqdimot qilindi

Avval xabar berilganidek, Qozon shahridagi Bulgʻor islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining VI xalqaro forumi” boʻlib oʻtmoqda. …