Home / FOTO LAVHALAR / QORAQALPOGʻISTON – TARGʻIBOTCHILARNING GALDAGI FAOLIYAT HUDUDI

QORAQALPOGʻISTON – TARGʻIBOTCHILARNING GALDAGI FAOLIYAT HUDUDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari 27 noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida ish boshladi. Markaz delegatsiyasini Qoraqalpogʻiston Vazirlar kengashi raisining oʻrinbosari Rajabboy Nurazizov qabul qilib, hududda diniy-maʼrifiy yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar xususida maʼlumot berdi.

Muloqotda aholining huquqiy madaniyati va diniy savodxonligini yuksaltirish, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida oʻtkazilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

R.Nurazizovga Markazda nashr etilgan adabiyotlar toʻplami hadya qilindi.

Shundan soʻng targʻibotchilar Nukus shahrining “Qizilqoʻm” “Sarbinaz”, “Naoʻrыz” va “Gөneqala” MFYda maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar oʻtkazdi.

Mahallalar ahli bilan muloqotda bugungi kunda mamlakatimizda inson baxtli-saodatli yashashi uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va diniy sohadagi islohotlar, shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy tahdidlar va ularni oldini olish choralari, yurtimizda yoshlar uchun ochilayotgan keng imkoniyatlar toʻgʻrisida soʻz bordi.

Aholi vakillari tahdidlardan saqlanishning yagona yoʻli ilm egallash ekani, muqaddas dinimizda insoniylikning yuksak fazilatlaridan boʻlgan ilm-maʼrifat va ezgulik ulashish, odamlarga faqat yaxshilikni ravo koʻrish, tinch va osoyishta zamonga shukrona hissi bilan yashash fazilatlarni alohida taʼkidladi.

 

Shu kuni Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Nukus filiali va Nukus davlat pedagogika institutida ham talaba-yoshlar ishtirokida maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz ilmiy xodimlari – “Rossiya musulmonlarining VI xalqaro forumi”da

Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining Qozon shahrida joylashgan Bulgʻor islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining VI …