Home / FOTO LAVHALAR / ILMIY ANJUMANDA MARKAZ OLIMI MAʼRUZASI TINGLANDI

ILMIY ANJUMANDA MARKAZ OLIMI MAʼRUZASI TINGLANDI

Samarqandda Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti hamkorligida “Ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashning sinergetik muammolari” mavzusida respublika ilmiy-texnik anjumani oʻtkazildi.

Xorijiy va mahalliy mutaxassislar, oʻqituvchi, talaba va tadqiqotchilar, soha xodimlari ishtirok etgan anjuman ijtimoiy barqarorlikning sinergetik muammolarini muhokama qilish, taʼlim sohasiga fan yutuqlarini keng tatbiq etish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Markaz direktori Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev qatnashib, “Samarqandda sinergetik tadqiqotlar taraqqiyoti” mavzusida maʼruza qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …