Home / FOTO LAVHALAR / NAVBATDAGI MANZIL – HAZORASP VA XONQA

NAVBATDAGI MANZIL – HAZORASP VA XONQA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Xorazm viloyati mahallalarida olib borayotgan tashviqot ishlari Hazorasp va Xonqa tumanlarida tashkil etilgan tadbirlar bilan davom etdi.

Hazoraspning “Otaliq”, “Sulaymonqalʼa”, “Aloqali koʻl”, “Barkamol avlod” MFY vakillari bilan suhbatda jaholat bilan yoʻgʻrilgan axborot xurujlari, ulardan koʻzlangan asosiy maqsadlar va yoshlarni bu kabi tahdidlardan asrash borasida fikrlashildi.

Xonqadagi “Oydin hayot”, “Gʻayrat”, “Yosh kuch”, “Ehtirom” mahallalari ahli ishtirokida tashkil etilgan tadbirlarda targʻibotchilar komil inson va har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalashda gʻoyaviy boʻshliqqa yoʻl qoʻymaslik, vayronkor mafkura va axborot xurujlari taʼsiriga tushib qolmaslik uchun ilm egallash kerakligini hayotiy misollar asosida tushuntirib berdi.

Tadbirlarda ekstremizm va terrorizm, giyohvandlik va boshqa illatlarning ayanchli oqibatlari, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik masalalariga ham alohida urgʻu berildi.

Viloyat mahallalarida targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …