Home / FOTO LAVHALAR / BAYRAMGA BAGʻISHLANGAN TURKUM TADBIRLAR

BAYRAMGA BAGʻISHLANGAN TURKUM TADBIRLAR

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 11 noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuniga bagʻishlab, sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni keng targʻib qilish maqsadida xodimlar oʻrtasida shaxmat-shashka va stol tennisi boʻyicha musobaqalar tashkil etildi.

Ikki kun davom etgan bellashuvlarda erkaklar va ayollar mahorati alohida sinovdan oʻtkazildi.

Bugun, 10 noyabr kuni Markazda bayram munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Uni Markaz boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Yoʻldoshxon Isayev olib bordi. Tadbirda jamoa rahbari Shovosil Ziyodov barcha xodimlarni bayram bilan qizgʻin qutlab, boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Yigʻilganlar qoʻmita faoliyatini yanada rivojlantirish, uni tashkiliy-maʼmuriy jihatdan yanada mustahkamlash, jamoada hamjihatlik, jipslik va birdamlikni muntazam kuchaytirib borish, xodimlarning mehnatga oid ijtimoiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlarni alohida eʼtirof etdi.

Tadbir doirasida bayramga bagʻishlab tashkil etilgan musobaqalar gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Sport turlari boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan xodimlar boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Barcha xodimlarga bayram munosabati bilan esdalik sovgʻalari ulashildi. Shuningdek, jamoadagi boquvchisini yoʻqotgan yolgʻiz onalarga moddiy yordam pullari ajratilgani eʼlon qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …