Home / FOTO LAVHALAR / NAVBATDAGI TADBIR TЕRMIZ DAVLAT PЕDAGOGIKA INSTITUTIDA OʻTDI

NAVBATDAGI TADBIR TЕRMIZ DAVLAT PЕDAGOGIKA INSTITUTIDA OʻTDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi targʻibotchilari 8 noyabr kuni Termiz davlat pedagogika institutida ish olib bordi.

“Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Shukrullo Umarov, Jonibek Jumayev, Bayozxon Mahmudov va Sirojiddin Abduvoitov talabalarga soʻnggi paytlarda avj olayotgan maʼnaviy tahdidlar, yoshlar hayotiga kirib borayotgan ijtimoiy tarmoqlardan maqsadsiz, shunchaki xushvaqtlik uchun foydalanishning salbiy jihatlari, yot oqimlar taʼsiridan saqlanish choralari xususida maʼlumot berdi.

Tadbir doirasida buyuk muhaddis Imom Buxoriyning Markaz tomonidan nashr etilgan asarlari taqdimoti oʻtkazilib, talabalar bilan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiyning hayoti va boy ilmiy merosi haqida savol-javoblar tashkil qilindi. Eng zukko talabalarga ilmiy kitoblar taqdim etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …