Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZ XODIMLARI XALQARO KONGRЕSSDA ISHTIROK ETDI

MARKAZ XODIMLARI XALQARO KONGRЕSSDA ISHTIROK ETDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov va ilmiy xodimlar Yoʻldoshxon Isayev va Iroda Daurbekova 5-8 noyabr kunlari Samarqand shahridagi Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasida oʻtgan Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining “Oʻzbekiston madaniy merosi – yangi Renessans asosi” VII Xalqaro kongressida ishtirok etdi.

Kongress ishida qirqdan ortiq davlatdan kelgan 300 ga yaqin olim qatnashdi. Anjumanning 5 ta xalqaro konferensiyadan iborat ilmiy qismida 120 ga yaqin maʼruza tinglandi. Dasturdan “Oʻzbekiston madaniy merosi” turkumidagi 10 ta yangi kitob taqdimoti ham oʻrin oldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …