Home / FOTO LAVHALAR / KONGRЕSS ISHTIROKCHILARI MARKAZDA MЕHMON BOʻLDI

KONGRЕSS ISHTIROKCHILARI MARKAZDA MЕHMON BOʻLDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining Samarqandda o‘tkazilayotgan “Oʻzbekiston madaniy merosi – yangi Renessans asosi” VII Xalqaro kongressining bir guruh ishtirokchilari tashrif buyurdi.

Mehmonlar Markaz direktori Shovosil Ziyodov hamrohligida muzey faoliyati va undagi eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. Ularga faoliyat davomida erishilgan ilmiy yutuq va muvaffaqiyatlar haqida maʼlumot berildi.

Asosan Turkiya va Eron ilmiy muassasalari vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari Markazda tadqiqotlar uchun yaratilgan shart-sharoit va ilmiy xodimlar qoʻlga kiritayotgan natijalardan mamnuniyat izhor etib, allomalar ilmiy-maʼnaviy merosini oʻrganish va keng targʻib qilish yoʻnalishida hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish istagini bildirdi.

Muloqot davomida ilmiy sheriklik aloqalarining istiqbollari muhokama etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Yangi loyiha boshlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) …