Home / FOTO LAVHALAR / TARGʻIBOTCHILARNING QASHQADARYODAGI MISSIYASI NIHOYASIGA YETDI

TARGʻIBOTCHILARNING QASHQADARYODAGI MISSIYASI NIHOYASIGA YETDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Xoja Buxoriy” oʻrta-maxsus islom bilim yurtida “Imom Buxoriy merosi – yot gʻoyalarga qarshi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda Markaz xodimlari talabalar bilan ekstremizm va terrorizmning barcha koʻrinishlari, aqidaparastlarning axborot xurujlari, turli yot oqimlar taʼsiriga tushib qolishning ayanchli ijtimoiy va huquqiy oqibatlari, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik masalalari yuzasidan muloqot qildi.

Targʻibotchilar Markazda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, erishilayotgan natija va qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar, nashr qilinayotgan adabiyotlar xususida ham atroflicha maʼlumot berib oʻtdi.

Shu bilan Markaz ilmiy xodimlarining Qashqadaryo viloyatidagi targʻibot missiyasi yakuniga yetdi. Hafta mobaynida viloyatning 7 oliy taʼlim dargohida tashkil etilgan tadbirlarda 1400 ga yaqin talaba-yoshlar qamrab olindi.

Tadbirlarning barchasida “Siz Imom Buxoriyni bilasizmi?”, “Ajdodlar merosi – ibrat koʻzgusi” va “Jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan 10 buyuk ajdodimiz” mavzularida viktorinalar oʻtkazildi. Gʻoliblar Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar bilan taqdirlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Tavsiyalar amaliyotda qoʻllanadi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining …