Home / FOTO LAVHALAR / QASHQADARYODAGI TADBIRLAR SHAHRISABZGA KOʻCHDI

QASHQADARYODAGI TADBIRLAR SHAHRISABZGA KOʻCHDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilayotgan targʻibot tadbirlarining navbatdagisi Shahrisabz shahrida tashkil etildi.

Markaz targʻibotchilari Shahrisabz davlat pedagogika instituti va Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filialida talaba-yoshlar bilan yot oqimlar, ularning maqsadlari, kelib chiqish sabablari, axborot xurujlarini chetlab oʻtish imkoniyatlari borasida muloqot qildi.

Tadbirlarda jaholatga qarshi chora faqat maʼrifat ekani, bidʼat va xurofotga munosib javob qaytarishga ilmni chuqur egallab, tafakkurni yanada boyitish orqali erishilishi taʼkidlandi. Shuningdek, Markaz faoliyatidagi yutuqlar, ayni paytda olib borilayotgan tadqiqotlar, chop etilgan va nashrga tayyorlanayotgan adabiyotlar, rejalashtirilgan ilmiy loyihalar xususida maʼlumotlar berildi.

Viloyatdagi tadbirlarning barchasida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Siz Imom Buxoriyni bilasizmi?” mavzuida viktorinalar oʻtkazilib, gʻoliblar Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar bilan taqdirlanmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …