Home / FOTO LAVHALAR / TARGʻIBOTCHILAR – QARSHI DAVLAT UNIVЕRSITЕTIDA

TARGʻIBOTCHILAR – QARSHI DAVLAT UNIVЕRSITЕTIDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Qashqadaryo viloyatidagi targʻibot ishlari doirasida Qarshi davlat universitetida “Imom Buxoriy merosi – yot gʻoyalarga qarshi” mavzusida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etdi.

Maʼruzalarda diniy bagʻrikenglik, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtga sadoqat, fidokorlik, insonparvarlik kabi oliy fazilatlar hayotiy misollar asosida ifoda etildi. Imom Buxoriyning boy maʼnaviy merosi butun insoniyatga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatishda, maʼrifat va bagʻrikenglik hamda ezgulikni targʻib etishda yoʻlchi yulduz ekani taʼkidlandi.

Tadbir davomida Markaz nashrlari taqdimoti hamda talabalar oʻrtasida Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosiga oid viktorina oʻtkazildi.

Ishtirokchilar bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning yoshlar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, ularni yot gʻoyalardan asrash, azaliy qadriyatlarimizning insonparvarlik jihatlarini targʻib etishdagi beqiyos ahamiyatini qayd etdi.

Tadbir yakunida faol talabalar ragʻbatlantirildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …