Home / FOTO LAVHALAR / QASHQADARYODA TARGʻIBOT TADBIRLARI BOSHLANDI

QASHQADARYODA TARGʻIBOT TADBIRLARI BOSHLANDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari va oʻrta-maxsus islom bilim yurtlarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlarini boshladi.

30 oktabr kuni targʻibotchilar Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talaba-yoshlari bilan uchrashuvda yigʻilganlarni yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati bilan tanishtirib, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosi haqida maʼlumot berdi va axborot xurujlariga qarshi turish koʻnikmalari bilan oʻrtoqlashdi.

Tadbir doirasida buyuk muhaddis Imom Buxoriyning Markaz tomonidan nashr etilgan asarlari taqdimoti oʻtkazildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …