Home / FOTO LAVHALAR / Muhim masalalar muhokama etildi

Muhim masalalar muhokama etildi

Joriy yilning 23 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ilmiy Kengashi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kun tartibiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qarori ijrosini taʼminlashga oid va boshqa masalalar qoʻyildi.

Yigʻilishni Markaz direktori Shovosil Ziyodov kirish soʻzi bilan ochib, farmon va qaror mazmun-mohiyati, ular ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarga toʻxtaldi.

Raislik qiluvchi mazkur hujjatlarning tegishli bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida, jumladan, fundamental tadqiqot yoʻnalishida, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish boʻyicha oʻtkaziladigan amaliy tadbirlarni alohida eʼtiborga olish lozimligini taʼkidladi.

Ishtirokchilar tomonidan ijro intizomini yanada mustahkamlash, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda shaxsiy masʼuliyatni oshirish, topshiriqlar ijrosini sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan talabchanlikni kuchaytirishga oid qator taklif va tavsiyalar berildi.

Yigʻilish yakunida tegishli qaror qabul qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …