Home / XALQARO YANGILIKLAR / “VATANNI SЕVMOQ IMONDANDIR”

“VATANNI SЕVMOQ IMONDANDIR”

Moskva musulmonlari idorasi huzuridagi Imom Muhammad Buxoriy markazida “Vatanni sevmoq imondandir”  mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy anjuman boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Bayozxon Maxmudov ishtirok etdi. Maʼruzachi yigʻilganlarni Markaz faoliyati, shuningdek, keyingi yillarda Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

Anjumanda Moskva shahrida istiqomat qilib kelayotgan vatandoshlarimiz ham qatnashdi. Ularga dinda gʻuluga ketishning xatarli oqibatlari haqida zarur tushunchalar berildi. Ayniqsa, yoshlar har xil ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolishining oldini olish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan ekani, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashilgandagina kutilgan natijaga erishish mumkinligi uqtirildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …