Home / FOTO LAVHALAR / URGUTDA TARGʻIBOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA

URGUTDA TARGʻIBOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, MFY raislari va profilaktika inspektorlaridan iborat “2+1” formatidagi targʻibot guruhlari 27 sentyabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Quyi Algar” va “Mustaqillik” mahallalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish boʻyicha aholi xonadonlarida uchrashuvlar tashkil qildi.

Suhbatlar davomida targʻibotchilar yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, ayollar va yoshlar orasida jinoyatchilik, oʻz joniga qasd qilish holatlari hamda fuqarolar chet davlatlarga noqonuniy chiqib ketishining oldini olish choralari haqida fikr-mulohazalar bildirdi.

Asosiy eʼtibor mahalla ahli va yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan tadbirlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ehtiyojlari, talab va istaklari, taklif va tashabbuslari ham oʻrganildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Rossiya musulmonlariga yangi nashrlar taqdimot qilindi

Avval xabar berilganidek, Qozon shahridagi Bulgʻor islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining VI xalqaro forumi” boʻlib oʻtmoqda. …