Home / FOTO LAVHALAR / SAMARALI MULOQOTLAR

SAMARALI MULOQOTLAR

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash direksiyasi rahbari Rustam Shoabdurahmonov va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov tashrif buyurdi.

Markaz direktori Shovosil Ziyodov mehmonlarni muzey bilan tanishtirdi. Markaz ilmiy faoliyati, qoʻlga kiritilayotgan ilmiy yutuqlar va nashr qilinayotgan adabiyotlar, shuningdek, xalqaro aloqalar yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Muloqot chogʻida Markaz moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash va takomillashtirish, ilmiy faoliyatni kreativ gʻoyalar asosida modernizatsiyalashga oid qator masalalar muhokama etildi.

Markaz bilan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi oʻrtasida ilmiy hamkorlik istiqbollariga oid fikr-mulohazalar bildirildi va tez fursatda ikki tomonlama Anglashuv memorandumini imzolash boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga kelishib olindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …