Home / FOTO LAVHALAR / HINDISTON ELCHISI MARKAZDA MЕHMON BOʻLDI

HINDISTON ELCHISI MARKAZDA MЕHMON BOʻLDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat tashrif buyurdi.

Mehmon Markaz muzeyida Imom Buxoriyning hayot yoʻli va ilmiy faoliyatiga oid eksponatlar va nodir qoʻlyozmalarni katta qiziqish bilan koʻzdan kechirdi. Elchiga Imom Buxoriy qoldirgan boy ilmiy-manaviy meros xususida batafsil maʼlumot berildi.

Tashrif chogʻida yuqori martabali mehmonga Markaz va uning boʻlimlari, kutubxona faoliyati, ilmiy xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoit va pirovardida erishilayotgan muvaffaqiyatlar haqida soʻzlab berildi.

Manish Prabhat samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar samarasini alohida eʼtirof etdi va ushbu yoʻnalishda ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni, xususan, Markazning Hindistondagi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish borasida bor kuch-gʻayrat va imkoniyatlarini ishga solishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Mehmonga Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar toʻplami taqdim etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …