Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZ VAKILI – NUFUZLI XALQARO ANJUMANDA

MARKAZ VAKILI – NUFUZLI XALQARO ANJUMANDA

Islom olamining taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO)ning Marokash poytaxti Rabot shahridagi qarorgohida 24 avgust kuni “Erkinliklarni insoniy qadriyatlar va xalqaro huquq tamoyillari asosida shakllantirish” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi. Unda Misr, Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari, Chad, Tailand, Malayziya, Indoneziya, Hindiston, Pokiston, Fransiya, Mavritaniyadagi islom muassasalariniing 200 ga yaqin rahbar va akademik olimi sirasida Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev ham ishtirok etmoqda.

Konferensiya doirasida tashkilot qarorgohida joylashgan Marokash tarixi va qoʻlyozmalar muzeyida “Paygʻambarimiz (s.a.v.) siyrati va islom sivilizatsiyasi” nomli koʻrgazma ochildi.

Misr, Ummon, BAA, Chad, Tailand, Malayziya, Indoneziya, Hindiston, Pokiston, Fransiya, Mavritaniya kabi davlatlardagi islom muassasalari rahbarlari va olimlari ishtirok etmoqda.

Anjuman ikki kun davom etadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …