Home / FOTO LAVHALAR / TARGʻIBOT TADBIRLARI NARPAY VA PAXTACHIDA DAVOM ETDI

TARGʻIBOT TADBIRLARI NARPAY VA PAXTACHIDA DAVOM ETDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar 23 avgust kuni Narpay va Paxtachi tumanlarida oʻtkazildi.

        

Narpayning “Muqimiy”, “Xalqobod”, “Yangiobod”, “Sarbozor”, “Iymon”, “Totkent” va “Islomobod” MFYlarida bugungi kunda mamlakatimizda xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish choralari, yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida soʻz bordi.

         

Paxtachi tumanidagi “Amirobod”, “Saroy”, “Istiqlol”, “Mirzo Ulugʻbek”, “Oqtepa”, “Amir Temur” va “Jahonobod” MFYlari vakillari bilan muloqotlarda turli koʻrinishdagi tahdidlardan saqlanishning yagona yoʻli ilm egallash ekani, muqaddas dinimizda insoniylikning yuksak fazilatlaridan boʻlgan ilm-maʼrifat va ezgulik ulashish, odamlarga faqat yaxshilikni ravo koʻrish, tinch va osoyishta zamonga shukrona hissi bilan yashash sharofati haqida suhbat qurildi.

Viloyatda targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«TURK ABRUSI TARIXI»

22-may, 2024-yil soat 10:00 da Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …