Home / FOTO LAVHALAR / ISHTIXON VA QOʻSHRABOT – TARGʻIBOTCHILARNING NAVBATDAGI MANZILI

ISHTIXON VA QOʻSHRABOT – TARGʻIBOTCHILARNING NAVBATDAGI MANZILI

Markaz targʻibotchilari “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosidagi tadbirlarni 21 avgust kuni Ishtixon va Qoʻshrabot tumanlarining mahallalarida tashkil etdi.

 

Ishtixondagi “Yangikent”, “Barlos”, “Qoraqoʻyli”, “Shayxlarkent”, “Odil”, “Doʻstlik” va “Qoraqishloq” MFYlarida mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, yurtimiz zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalar va mutafakkirlarning ibratli hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosi, ustozga hurmat va ilm olish fazilati, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik hamda vatanparvarlik tuygʻusini yuksaltirish mavzularida suhbatlar oʻtkazildi.

      

Qoʻshrabot tumanidagi “Shovona”, “Mustaqillik”, “Zarkent”, “Pichot”, “Qoʻshrabot”, “Ozod” va “Chimmos” MFYlari ahli ishtirokidagi tadbirlarda bugungi kunda koʻz oʻngimizda sodir boʻlayotgan iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlar ahamiyati haqida soʻz yuritilib, turli mafkuraviy tortishuvlar keskin tus olayotgan davrda jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish har qachongidan ham muhim ekani toʻgʻrisida hayotiy misollar asosida bilim va koʻnikmalar berildi.

         

Viloyatda targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«TURK ABRUSI TARIXI»

22-may, 2024-yil soat 10:00 da Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …