Home / MAQOLALAR / “AL-JOMEʼ AS-SAHIH”NING MICHIGANDAGI UCHINCHI NUSXASI

“AL-JOMEʼ AS-SAHIH”NING MICHIGANDAGI UCHINCHI NUSXASI

Avvalroq Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning Michigan kutubxonasida (AQSH) saqlanayotgan “Al-Jomeʼ as-sahih” asarining birinchi va ikki nusxasi bilan tanishgan edik. Quyida ushbu asarning uchinchi nusxasi haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtamiz.

Kitobning bu nusxasi ham “Vahiyning boshlanish kitobi” bobidagi 1-hadisdan boshlanib, “Duolar kitobi” bobidagi 7563-hadis bilan nihoyalangan.

Kitob toʻliq holatda, yaxshi saqlangan.

 

Basmala (67b).

Asar boshi (v. 67b):

باب كَيْفَ كَانَ بَدْءُ الْوَحْيِ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَقَوْلُ اللَّهِ جَلَّ ذِكْرُهُ إِنَّا أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ كَمَا أَوْحَيْنَا إِلَى نُوحٍ وَالنَّبِيِّينَ مِنْ بَعْدِهِ حَدَّثَنَا الْحُمَيْدِيُّ …

Asar oxiri (v. 695a):

… قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَلِمَتَانِ حَبِيبَتَانِ إِلَى الرَّحْمَنِ خَفِيفَتَانِ عَلَى اللِّسَانِ ثَقِيلَتَانِ فِي الْمِيزَانِ سُبْحَانَ اللَّهِ وَبِحَمْدِهِ سُبْحَانَ اللَّهِ الْعَظِيمِ.

Bibliografiya: Brock, GAL, I, 164; S I, 261 ; EI2 I/296-297; GAL I/157-160 S I/260-265; GAS I/115-134; Hajji Khalifah II/512-541, no. 3908; Kahhalah IX/52-53; Zirikli VI/34; R.L. V5.P, I, 8.

Kolofon (v. 695a):

وقع الفراغ بعون الله وحسن توفيقه من كتابة الصحيح البخاري وقت الضحي فى اليوم السابع و العشرين من شهر رجب الفرد سنة سبع و ستين و مائة والف من هجرة من له العزة و الشرف على يد اضعف العباد احوجهم الى كرم الله يوم الثتاذ السيد الحاج محمد بن السيد الحاج پیرى لطف الله بها واعده بره عليهما والحمد الله على التمام و علي نبيه الصلاة و السلام ١١٦٧

Koʻchirilgan yili (v. 695a): hijriy 17 rajab, 1167,  milodiy 1754 yil, 22 may.

Xattot (v. 695a): Sayyid Hoji Muhammad ibn Sayyid Hoji Piriy Lutfulloh.

Hijoziy nasx. 695 varaq. (v.1-695a); 25 qator; mistara; poygir; siyohi qora; +1v. unvonli, zarhal naqsh bilan bezatilgan; bob va fasl nomlari qizil siyohda; matn malla rang, tilla ramka ichiga olingan; hoshiyasida sharh, toʻldirmalar bor; sharq qogʻozi; kurrosa 8; matn oʻlchami: 200´130 mm.; varaq oʻlchami: 300´250 mm.;  varaqlar sharqona raqamlanmagan. Qoʻlyozma 1924 yili Qohira shahrida sotib olingan boʻlib, Abdulhamid II ning shaxsiy kolleksiyasida boʻlgan.

Muqova: qizil rangli, bosma naqshli, turunj va lola, tilla bilan bezatilgan gʻilofli, sharq muqovasi. Tayakisi charmdan.

Qoʻlyozmaning holati: taʼmirlangan, yaxshi saqlangan.

Abdulbosit MAMADALIYEV,
I
mom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi ilmiy xodimi
Bulgʻor islom akademiyasi magistranti
 Iroda DAURBЕKOVA,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi ilmiy xodimi

Check Also

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM QOʻRQQAN FITNA

(Bir hadis sharhi) Fitnalar har doim boʻlib kelgan. Bunday ishlardan eng yomoni nohaqdan shirk va …