Home / FOTO LAVHALAR / “Al-Jomeʼ as-sahih” ning arab va indonez tillaridagi nusxasi keltirildi

“Al-Jomeʼ as-sahih” ning arab va indonez tillaridagi nusxasi keltirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida muhaddislar sultoni qalamiga mansub “Al-Jomeʼ as-sahih” asarining arab va indonez tillaridagi uch jildli nusxasi taqdimoti oʻtkazildi.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari Xayriddin Sultonov, Muzaffar Komilov va boshqalar koʻplab sohalar kabi diniy-maʼrifiy jabhadagi islohotlar natijasida roʻy berayotgan yangilanishlar asnosida mamlakatimizda mazkur yoʻnalishda yangi tarixiy davr boshlanayotganini eʼtirof etdi. Ayniqsa, Imom Buxoriy majmuasining qaytadan qurilib, ulkan obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani, majmua ichki qismining chuqur mazmun bilan boyitilishiga qaratilayotgan eʼtibor musulmon dunyosida katta qiziqish uygʻotayotgani taʼkidlandi.  

Taqdimot qilinayotgan kitob ham dunyo xalqlarining asar va uning muallifiga boʻlgan yuksak ehtiromdan dalolat ekani qayd etildi.  

– Keyingi paytda Oʻzbekiston – Indoneziya munosabatlari barcha sohalarda, xususan madaniy-maʼrifiy sohada izchil rivojlanib bormoqda, – dedi M.Komilov. – Bugun buyuk muhaddis bobomiz nomi bilan ataladigan xalqaro markazga Islom olamida Qurʼoni karimdan keyin ikkinchi muqaddas manba sifatida eʼtirof etilgan “Sahihul Buxoriy” asarining indonez va arab tillaridagi noyob nusxasining taqdim etilishi ham ana shu doʻstona aloqalar mahsulidir. Yana bir ahamiyatli tomoni mazkur asar bugungi kunda hadislarning notoʻgʻri talqin etilishi va buyuk muhaddislar, xususan, Imom Buxoriyga nisbatan ilmsizlik va noxolislik bilan bildirilayotgan uydurma fikrlarga qarshi ilmiy raddiya berish uchun ham mustahkam ilmiy poydevor boʻlib xizmat qiladi.  

Taqdimotda asarning arab va indonez tillaridagi uch jildli nusxasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tantanali tarzda topshirildi. Indoneziyalik islomshunoslik fanlari doktori Ali Hamdiy tomonidan tayyorlangan kitob Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari, Osiyo va Tinch okeani boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijrochi kotibi Armida Alishahbana xonim tomonidan tortiq etildi. U oʻtgan yilning sentyabr oyida markazga tashrif buyurib, uning faoliyati, erishgan ilmiy yutuqlari bilan tanishgan, shu asnoda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar samarasini yuksak baholagan edi.  

0

          

Tadbir ishtirokchilari asar nusxasi markaz muzeyi va kutubxona fondidan munosib oʻrin egallashi, tadqiqotchilar ilmiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.  

Manba:OʻzA

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …