Home / YANGILIKLAR / Saudiya Arabistonining yetakchi “Swift News” onlayn nashrida “Saudiyalik muxbirlar Samarqanddagi yangi Imom Buxoriy masjidini ziyorat qildi” sarlavhali maqola joylashtirildi

Saudiya Arabistonining yetakchi “Swift News” onlayn nashrida “Saudiyalik muxbirlar Samarqanddagi yangi Imom Buxoriy masjidini ziyorat qildi” sarlavhali maqola joylashtirildi

Nashrning ijodiy  jamoasi Oʻzbekistonga  safari davomida Samarqandda  boʻlib, tarixiy qadamjolar, xususan yangi bunyod etilayotgan Imom al-Buxoriy majmuasi va masjidi  haqida  oʻquvchilar uchun turkum materillarni  eʼlon qilmoqda, – deyiladi  nashrda. –Imom Buxoriy dafn etilgan maqbara yonidagi masjid qurilishini yakunlash uchun oʻzbek quruvchilari kechayu kunduz mehnat qilayaptilar.  Taʼkidlash kerakki, Imom Buxoriy islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan olimlardan  biri hisoblanadi. Ushbu  buyuk  zot nomiga qurilayotgan masjid ellik ming kishini sigʻdira oladi va majmua kelgusi yilda foydalanishga topshiriladi».

Maqolada Imom Buxoriyning  hayoti va  faoliyati  haqida  batafsil maʼlumotlar oʻquvchilar eʼtiboriga  havola  qilingan. Buxoriy hazratlari hijriy 194 yil shavvol oyining 13-kunida Buxoro shahrida tugʻilgan. “Al-Buxoriy yoshligidan Qurʼoni karimni yod oladi va koʻplab hadislarni oʻrganadi. Oʻn olti yoshida onasi va ukasi bilan hajga boradi. Ular bilan qaytishdan bosh tortib, hadis ilmini oʻrganish uchun Makkada qoladi. Keyinchalik Makkadan Madinaga koʻchib oʻtadi”, qayd etadi onlayn nashr.

 Nashrda olim uzoq yillik safardan keyin ona  vataniga  qaytishga  jazm etgani va Samarqand yaqinidagi Xartang qishlogʻidan  qoʻnim topgani taʼkidlangan. Hijriy 256 yil Shavvol oyining birinchi kunida  hadis ilmining  buyuk namoyondasi olamdan oʻtdi. Al- Buxoriy ushbu  qishloqda dafn etilgan, – deyiladi  manbada.

Maqola xulosasida, “Imom Buxoriy bir qancha mashhur asarlar yozgan va ushbu kitoblar hozirgi kunga  qadar qayta-qayta  nashr qilib kelinmoqda. Uning eng mashhur asari «Sahihi al-Buxoriy” hadis ilmini  oʻrganish  boʻyicha  muhim manba  hisoblanadi. Unda olti yuz mingga yaqin sahih hadislar keltirilgan», – deb yozadi  «Swift News».

Manba: “Dunyo” AA muxbiri

Check Also

Markaz rahbari – Samarqanddagi yirik anjumanda

Bugun, 3-may kuni Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Turkiyadagi Egey universiteti …