Home / MAQOLALAR / 400 OLIM BUXORIYNI CHALKASHTIRISH UCHUN YETTI KUN TARADDUD QILDI…

400 OLIM BUXORIYNI CHALKASHTIRISH UCHUN YETTI KUN TARADDUD QILDI…

  Muhammad ibn Abu Hotim Varroq aytganlar: “Men Sulaym ibn Mujohiddan eshitdim. U kishi Abul Azharning: “Samarqandda hadis talabida yurgan toʻrt yuz nafar olim bor edi. Ular Buxoriyni chalkashtirish maqsadida yetti kun bir joyga toʻplanib, shomliklar sanadini iroqliklar sanadiga, yamanliklar sanadini haramaynliklar sanadiga kiritdilar. Imom Buxoriy hammasini eshitib, biror sanadning joyini oʻzgartirmasdan, tushirmasdan, matn bilan sanadni terib chiqqach, barchalari lol boʻlib qolishdi”, – deganlarini eshitganlar”.

   Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: “Imom Buxoriyning: “Kecha uxlamasdan kitoblarimga kiritgan hadislarni sanab chiqdim. Ikki yuz mingdan ziyod hadisni sanadi bilan yozgan ekanman. Hech qachon hadisni “Faloncha falonchadan aytib berdi” qabilida mavhum qilib yozmadim. Bundan saqlanardim. “Al-Iʼtisom” kitobimni bir kechada yozganman”, – deganlarini eshitdim”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

OʻZBEKISTONDA DINIY-MAʼRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: “VAQF” XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA

Maʼlumki, xayriya va homiylik qadriyatlari Oʻzbekiston tarixining turli davrlarida turli koʻrinishlarda aks etib, har xil …