Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZ TARGʻIBOTCHILARI – XATIRCHIDA

MARKAZ TARGʻIBOTCHILARI – XATIRCHIDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Navoiy viloyatining Xatirchi tumani mahallalarida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida targʻibot tadbirlarini oʻtkazdi.

“Maydon” MFYda tashkil etilgan uchrashuvda diniy ekstremizm gʻoyalarini targʻib etuvchi daʼvat va chiqishlarning zamonaviy koʻrinishlari haqida maʼlumot berilib, ularga qarshi immunitet hosil qilish va kurashish choralari xususida fikr yuritildi.

“Novja” MFYlari aholisi bilan oʻtkazilgan tadbirda jaholatga yoʻgʻrilgan axborot xurujlari, ulardan koʻzlangan gʻarazli maqsadlar ochiqlandi va yoshlarni bu kabi tahdidlardan asrash borasida muhim tavsiyalar berildi.

“Samarqand” MFYda targʻibotchilar islomning insonparvarlik va bunyodkorlik qadriyatlari haqida soʻz yuritib, yigʻilganlarni uni asl holatida saqlash va keng targʻib qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlardan voqif qildi.

Tumanning “Dehqonobod” MFY ahli bilan yosh avlod vakillari turli radikal tuzilmalar faoliyatiga qoʻshilib qolishining oldini olish, ularda ilm-fanga va taʼlim olishga intilish ishtiyoqini yanada kuchaytirish borasida muloqot qilindi.

Tadbirlarda mamlakatimizda, xususan, Markaz tomonidan dinning sofligini saqlash, konfessiyalararo bagʻrikenglik, millatlararo totuvlikni taʼminlash yoʻnalishida olib borilayotgan amaliy ishlar hamda nashr etilgan yangi kitoblar xususida ham maʼlumotlar berildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …