Home / FOTO LAVHALAR / NAVOIY VILOYATIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

NAVOIY VILOYATIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

Ayni kunlarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Navoiy viloyatida “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida targʻibot tadbirlarini tashkil etib kelishmoqda. Bugun ogohlikka chorlovchi tadbirlar viloyatning Karmana tumanida oʻtkazildi.

“Arabxona” MFYda targʻibotchilar mahalla fuqarolari, nuroniylar, faollar oldida chiqish qilishdi.

Tumandagi “Beshkent” MFYda oʻtkazilgan tadbir qizgʻin munozaralar bilan davom etdi.

“Talqoq” MFYda tashkil etilgan tadbirda asosiy urgʻu yot gʻoyalar, axborot xurujlari va mafkuraviy tahdidlarga qaratildi.

“Katta machit” MFYdagi maʼrifiy uchrashuvda ham ogohlikka daʼvat qilindi.

Tadbirlarda turli diniy oqimlar vakillarining ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlariga qarshi Markaz ilmiy xodimlari olib borayotgan faoliyat xususida ham atroflicha maʼlumotlar berilmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …