Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZNING NAVBATDAGI STIPЕNDIATI – KOʻHNA MAROKASHDAN

MARKAZNING NAVBATDAGI STIPЕNDIATI – KOʻHNA MAROKASHDAN

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya joriy yilgi dasturining navbatdagi gʻolibi – Marokashdagi Abdulmalik Saʼdiy universiteti professori dr. Abdurahim Alamiy ilmiy amaliyot oʻtash uchun Markazga keldi.

Xorijlik tadqiqotchi Markaz direktori Shovosil Ziyodov qabulida boʻldi. Muassasa rahbari amaliyotchini qutlab, dastur gʻolibligi bilan muborakbod edi. Abdurahim Alamiy samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etdi va ilmiy xodimlar bilan oʻzaro tajriba almashish, ilmiy ishi yuzasidan yangi manbalar ustida ishlash imkoniyati yaratilganidan mamnuniyat bildirdi.

Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev mehmonni muzey faoliyati va kutubxona ishi, u yerdagi kitob fondi bilan tanishtirdi. Qoʻlyozmalar xazinasidagi manbalar stipendiatda katta qiziqish uygʻotdi.

Abdurahim Alamiy “Oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo va Magʻrib oʻrtasidagi madaniy va ilmiy aloqalar” mavzusidagi ilmiy ishi boʻyicha tadqiqot olib boradi.

Amaliyot mobaynida tadqiqotchi yurtimiz shaharlari boʻylab safar qilishi va tadqiqotlari yuzasidan taqdimotlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …