Home / ALLOMALAR / ABU HASAN SAGʻONIY ILMIY FAOLIYATI (“SAHIHUL BUXORIY”NING “BAGʻDODIY” NUSXASI KODIKOLOGIK TAVSIFI)(3-qism)

ABU HASAN SAGʻONIY ILMIY FAOLIYATI (“SAHIHUL BUXORIY”NING “BAGʻDODIY” NUSXASI KODIKOLOGIK TAVSIFI)(3-qism)

Abu Hasan Sagʻoniy “Sahihul Buxoriy” nusxasini koʻchirgan payti doim tahoratli, roʻzador holda boʻlgan. U har bir hadisni kiritganidan keyin ikki rakat shukr namozini ado qilib, Allohdan diniy va dunyoviy ishlari uchun panoh soʻragan. Keyin Qurʼoni karimdan oʻn oyat tilovat qilib, Paygʻambar alayhissalomga oʻn marta yoki undan koʻp salovat aytgan. Shundan soʻnggina navbatdagi hadisni kiritgan. Alloma bu nusxani koʻchirishda shu riyozatni oʻziga shart qilib olgan.

Shuningdek, Abu Hasan Sagʻoniy maxsus qalamdan foydalangan va uni boshqa kitoblar uchun ishlatmagan. Hatto qalamtaroshdan tushgan chiqindini ham saqlab qoʻygan va vafot etganida mayyit yuviladigan suvni isitish uchun ishlatishni vasiyat qilgan.

Alloma kitobning yarmiga kelganida kofirlar qoʻliga asir tushgan. Mahbuslik payti unga faqat ikki hayit va juma namozlarini oʻqish uchun ruxsat berib, bir gʻayridinni vakil qilib zindondan chiqarishgan. Alloma bu nusxani asirlikda 625/1228 yili Qurbon hayiti, juma kuni asr namozidan keyin tugatgan. Tutqunlikda koʻchirishning oʻzi uchun belgilab olgan barcha shartlarini bajara olmagan, yaʼni hamma vaqt ham tahoratli va roʻzador boʻlmagan. Asirlikdan qutilish va nusxani koʻchirib tugatish sanasi bir vaqtga toʻgʻri kelib, bu voqea Koimbatur [2] (Hindiston janubidagi) shahrida sodir boʻlgan [5: 268a].

Nusxaning 269a varagʻida shayx Jalil Abu Hasan Ali ibn Mordiniy: “Olamlarni yaratgan Parvardigorga hamdu sanolar boʻlsin! “Imom Buxoriyning “Jomiʼus sahih” asarini 899/1494 yili Ramazon oyining 27-kuni Masjidul Aqsoda oʻqib tugatdim”  [5: 269a], deb izoh keltirgan.

الحمد الله رب العالمين قرا جميع الجامع الصحيح الامام البخاري رضى الله عنه وارضاه العبد الفقير الى الله تعالى على بن حسن المارديني فى السابع و العشرين من شهر رمضان سنة تسع و تسين و ثمانمائة بالمسجد الاقصي الشريفة و الحمد الله وحده وصلواته على سيدنا محمد و اله و صحبه و سلامه حسبنا الله و نعمة الوكيل

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi manbalar xazinasida №268 raqam bilan saqlanayotgan elektron nusxa tavsifi. U Sagʻoniy nusxasidan koʻchirilgan. Nasx yozuvida. Xattot–Husayn ibn Yusuf ibn Ali Vastoniy. Qoʻlyozmaning 1varagʻida yuqorida keltirilgan muhrlar mavjud [6: 1a].

Asar “Sahobalarning fazilati” (Kitobul fazoilis sahoba) bobidagi 3776-hadisdan boshlangan.

… الدَّارَ وَالْإِيمَانَ مِنْ قَبْلِهِمْ يُحِبُّونَ مَنْ هَاجَرَ إِلَيْهِمْ وَلَا يَجِدُونَ فِي صُدُورِهِمْ حَاجَةً مِمَّا أُوتُوا… حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ حَدَّثَنَا مَهْدِيُّ بْنُ مَيْمُونٍ... [6: 16b]

 “Aqiqa kitobi” (Kitobul aqiqa)dagi 5474-hadis bilan tugallangan.

… الْمُسَيَّبِ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لَا فَرَعَ وَلَا عَتِيرَةَ قَالَ وَالْفَرَعُ أَوَّلُ نِتَاجٍ كَانَ يُنْتَجُ لَهُمْ كَانُوا يَذْبَحُونَهُ لِطَوَاغِيَتِهِمْ وَالْعَتِيرَةُ فِي رَجَبٍ[6: 280a]

Asarning kolofon qismida xattot Husayn ibn Yusuf ibn Ali Vastoniy: “Imom alloma Roziddin Hasan ibn Muhammad Sagʻoniy xati bilan yozilgan nusxadan hijriy 833/1429 yil jumodul avval oyining yigirma sakkizinchi kunida Tabriz shahrida koʻchirdim [6: 280a]”, deb yozgan.

Mazkur nusxaning keyingi bobi “Ov va qurbonlik kitobi” (Kitabuz zaboih vas sayd) dan boshlanadi.

قد وفق العبد الفقير الى الله الغني حسين بن يوسف بن علي الوسطاني بكتابة الربع الثالث من الجامع الصحيح المسند تأليف الامام العالم الهمام ابى عبد الله محمد بن اسمعيل ابراهيم الجعفي البخاري الانصاري رحمة الله عليه رحمة واسعة يوم الخميس ثامن جمادى الاولى من سنة ثلث ثلثين و ثمانمائة فى بلدة الموحدين تبريز حماها الله عن الافات و يتلوه الربع الرابع مفتتحا بكتاب الذبائح و الصيد وفقه الله لاتمامه كتابه و تصحيحا و عملابه كما وفقه لاتمام ثلثة ارباعه و الحمد الله رب العالمين خير خلقه محمد و اله اجمعين.

№269 raqamdagi nusxa tavsifi. Asar nasx yozuvida xattot Husayn ibn Yusuf ibn Ali Vastoniy tomonidan koʻchirilgan. Qoʻlyozmaning 1varagʻida yuqorida keltirilgan muhrlar mavjud [7: 1a].

Asar “Ov va qurbonlik kitobi” (Kitobuz zaboih vas sayd) 5475-hadisdan boshlangan.

… تُنْطَحُ الشَّاةُ فَمَا أَدْرَكْتَهُ يَتَحَرَّكُ بِذَنَبِهِ أَوْ بِعَيْنِهِ فَاذْبَحْ وَكُل حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ حَدَّثَنَا زَكَرِيَّاءُ عَنْ عَامِرٍ عَنْ عَدِيِّ بْنِ حَاتِمٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ سَأَلْتُ النَّبِيَّ... [7: 1b]

 “Juma kitobi” (Kitobul jumuʼa)dagi 7563-hadis bilan tugallangan.

… قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَلِمَتَانِ حَبِيبَتَانِ إِلَى الرَّحْمَنِ خَفِيفَتَانِ عَلَى اللِّسَانِ ثَقِيلَتَانِ فِي الْمِيزَانِ سُبْحَانَ اللَّهِ وَبِحَمْدِهِ سُبْحَانَ اللَّهِ الْعَظِيمِ. [7: 266b]

Asarning kolofon qismida xattot Husayn ibn Yusuf ibn Ali Vastoniy: “Imom alloma Roziddin Hasan ibn Muhammad Sagʻoniy xati bilan yozilgan nusxasidan hijriy 833/1430 yil shavvol oyining oxirida, Tabriz shahrida koʻchirdim [7: 266b]”, deb yozgan.

قد وقع الفراغ بعون الله و حسن توفيفه من كتابة الصحيح المسند للامام العالم امام الدنيا ابى عبد الله محمد بن اسمعيل الجعفي البخاري الانصاري على الله درجته من النسخة المنقولة عن النسخة المحررة بخط الامام العلامة رضي الدين الحسن بن محمد الصغاني رحمة الله على يدى العبد الفقير الى الله الغني حسين بن يوسف بن على الوسطاني عفاالله عنه و عن والديه و احسن اليهما و اليه اواخر شوال سنة ثلث و ثلثبن و ثمانمائة ببلدة الموحدين تبريز حماها الله عن الافات و الحمد الله رب العالمين و الصلوة و السلم على خير خلقه محمد و اله اجمعين.

Shuningdek, asarning 267 varagʻida “Darhaqiqat, ushbu “Sahihul Buxoriy” Abu Abdulloh Buxoriyga  (Alloh taolo undan rozi boʻlsin) tegishlidir. Sayyidimiz va mavlomiz, shayxul imom, olimul alloma, muftiyul muslimiyn Abu Abdulloh Muhammad Shamsiddin ibn Shayxino muborak safarda Said shayxul olimul alloma Abu Isʼhoq Karim ibn Laziz ibn Ahmad Ansoriy Jaliliy Maqdisiyga bu asarni toʻliq oʻqib berdi.

Shuningdek, Abu Hasan Ali Aʼloul Barr ibn Amir Hasan ibn Aʼloul Moridiy Maqdisiy: “Bu “Sahihul Buxoriy”ning rivoyati toʻgʻri ekani va sanadining muttasilligi tahsinga loyiqligi haqidagi xabar bizga va oʻttizta shayxning barchasiga yetkazildi” [7: 267a].

Mazkur nusxaning 266b-268b varalarida shayx Jalil Abu Hasan Ali ibn Mardiniy oʻn uch yil davomida Ramazon oyining qadr kechalarida oʻqib tugatgani haqida qaydlar mavjud [7: 266b-268b].

بلغ قراة من اول الصحيح الاخر العبد الفقير الى الله تعالى على بن حسن المارديني فى سنة ثلاث و تسعمائة برباط الماردانية فى العشر الثالث فى شهر رمضان العظيم قدره و الحمد الله وحده و صلواته على سيدنا محمد و اله و صحبه و سلام الحمد الله رب العالمين.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Abu Hasan Sagʻoniy Makkada Burhonuddin Abufutuh Nasr Husriy, Yamanda Nazzom Muhammad ibn Hasan Margʻinoniy, Qozi Saʼdiddin Halaf ibn Muhammad Kardariy, Abu Muhammad ibn Javziydan hadis, fiqh, grammatika va aruz ilmidan saboq olib kamolotga yetgach, “Sahihul Buxoriy”ni koʻchirgan. Undan Qozi Sulaymon ibn Hamza, Solih ibn Abdulloh Koʻfiy ibn Sobah, Hofiz Sharifiddin Dimyatiy, Iziddin Abufazl ibn Vazir ibn Aʼlqamiy dars olgan va hadis rivoyat qilgan.

Abu Hasan Sagʻoniyning lugʻat, arab tili, hadis ilmiga oid asarlari bugungi kunda Turkiya, Suriya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Eron, Misrning kutubxona fondlarida saqlanmoqda.  

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  1. Alamul mahtutot van Navadir. – Dubay. – 488-518
  2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%BE%D0%B8%D0%BC%D0%B1%D0%B0%D1%82%D1%83%D1%80
  3. Madad Qadri “Life and works of al-Imam al-Saghani al-Lahori” Hydarabad, Sind university research journal c.5, s.67-80, 1966.
  4. №266 Domod Ibrohim Posho fondi. B. 238a varaq.
  5. №267 Domod Ibrohim Posho fondi. B. 1a varaq.
  6. №268 Domod Ibrohim Posho fondi. B-280a varaq.
  7. №269 Domod Ibrohim Posho fondi. B. 266b varaq.
  8. Abu Bakr Ahmad ibn Ali Xatib Hofiz Bagʻdodiy. “Tarix Bagʻdod av Madinatus Salom”. 14 jildli. – Bayrut: Darul kutubil ilmiyya, 1997.
  9. Abu Saʼd Abdukarim ibn Muhammad ibn Mansur Samʼoniy Tamimiy. “Al-Ansob” 5 jildli. Abdulloh Umar Borudiy tahriri ostida. – Bayrut: Dorul fikr,1998.
  10. Abulfido Zayniddin Qosim ibn Qutlubugʻo Suduniy “Tojut tarojim” Darul qolam matbaa, Bayrut.: 1992. – B. 155. Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy “Siyari aʼlomun nubalo” J.23, – B. 284
  11. Abulfido Zayniddin Qosim ibn Qutlubugʻo Suduniy “Tojut tarojim” Darul qalam matbaa, Bayrut.: 1992. – B. 155-156
  12. Ibn Sai “ad-Durut tamin” B-344, Ibn Fuvati “Talxis majmuatul adab fi muʼjamil alqob” – B. 490
  13. Muhammad Abdulhay Laknaviy Hindiy “al-Favoidul bahiya fi tarojimil hanafiya” Huququl matbaa mahfuza. – Misr.: 1906 y. B-5
  14. Muhammad Abdulhay Laknaviy Hindiy “al-Favoidul bahiya fi tarojimil hanafiya” Huququl matbaa mahfuza. – Misr.: 1906 y. B-5 Abulfido Zayniddin Qosim ibn Qutlubugʻo Suduniy “Tojut tarojim” Darul qalam matbaa. – Bayrut.: 1992. – B. 155.
  15. Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy. “Kitobul qand fi zikr ulamo Samarqand” / Nazar Muhammad Faryobiy tahriri ostida. – “Mamlakatul arabiyyatis Saudiya”: Maktabatul Kavsar, 1991 y.
  16. Hoji Xalifa. “Kashfuz zunun an asamil kutub val funun” 2 jildli. – Istanbul, 1941-43 y.
  17. Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy “Siyyari aʼlamun nubalo” J.23, – B. 282-283. Muhammad Abdulhay Laknaviy Hindiy “Al-Favoidul bahiya fi tarojimil hanafiya” Huququl matbaa mahfuza, – Misr.: 1906 y. – B. 63.
  18. Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad Zahabiy. “Siyar aʼlom an-nubalo” 23 jildli. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1992.
  19. الاضداد للصغانى بين تقاليد الاستشراقية و العربية Majallatu Maʻhadil Mahtutotil arabiyya, c.59, sy.2, 1437/2015 Kahire, s.193-218.
  20. توظيف المثل عند الصاغاني فى مقدمة العباب الزاخر و الباب الفاخر Majallatud dirosatil lugʻaviya 15,sy.3, 1434 Ar-Riyad.
I.Daurbekova, I.Qushshaqov
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
ilmiy xodimlari

Check Also

ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR

Arbinjon shahri tarixda “Arbinjon”, “Arbinjoni”, “Arbinj”, “Rabinjon” va “Arabnajn” nomlari bilan atalgan[1]. Aksar arab manbalarida …