Home / FOTO LAVHALAR / STIPЕNDIAT AMALIYOTI YAKUNIGA YETDI

STIPЕNDIAT AMALIYOTI YAKUNIGA YETDI

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindori dr. Derya Idikurt Markazda oʻtayotgan amaliyoti yakun topgani munosabati bilan ilmiy tadqiqotlarining hisobot-taqdimotini oʻtkazdi.

Amaliyotchi bu yerdagi ilmiy faoliyatida qoʻlga kiritgan natijalari sarhisobini keltirib, amaliy koʻmak uchun Markaz jamoasiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Dr.Idikurt soʻnggi ikki oy mobaynida “Istanbuldagi buxorolik olim Shayx Sulaymon Afandi” mavzusidagi ilmiy ishi ustida olib borgan izlanishlar samarasini koʻrgazmali tarzda taqdim qildi. Markazda manbalar yuzasidan hamda yaqin mavzulardagi ilmiy ishlar doirasida oʻtkazgan tadqiqotlari oʻrganilayotgan ishni mazmun jihatidan yanada boyitganini alohida qayd etdi.

Xususan, taniqli oʻzbek tilshunosi, shoiri va diplomati Shayx Sulaymon Afandi Buxoriy haqida mamlakatimizda ilk marta oʻtgan asrning 70-yillari oʻrtalarida Nishonboy Husanovning “Toshkent oqshomi” gazetasi va “Fan va turmush” jurnalida eʼlon qilingan maqolalari va boshqa ayrim manbalar vatandoshimizning ilmiy-ijodiy, diplomatik, ijtimoiy va noshirlik faoliyatini yanada oydinlashtirish imkonini yaratdi. Soʻfiy oilada ulgʻaygan arbobning nomi Buxoroda paydo boʻlgan va ravnaq topgan Naqshbandiya tariqati bilan bogʻliq – u naqshbandiya-mujaddidiya silsilasining vakilidir.

Stipendiat dasturda ishtirok etganidan hamda ilmiy izlanish uchun yaratilgan sharoit va taqdim etilgan keng imkoniyatlardan gʻoyat mamnun boʻlganini taʼkidladi.

Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev amaliyotchiga jamoa istiqbolda ham u bilan ilmiy hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi va kelgusidagi ilmiy ishlariga zafarlar tilab, amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlagani toʻgʻrisida sertifikat taqdim etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …