Home / FOTO LAVHALAR / Xalqaro markazga tashrif

Xalqaro markazga tashrif

Singapur Prezidenti Halima Yaqub xonim Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va bu yerdagi muzey faoliyati bilan tanishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro markazda zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar, muhaddislar merosi tadqiq etilayotgani, qisqa vaqt ichida oʻnlab tarixiy kitoblar nashr etilgani haqida maʼlumot berildi.

Muzeydagi tarixiy ashyolar, turli davrlarga oid Qurʼon va boshqa muqaddas kitoblar nusxalari, buyuk muhaddisning hayoti xronologik tartibda ishlangan suratlar mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Singapur Prezidenti Hadis maktabida ham boʻldi va bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchilar hamda tinglovchilar bilan suhbatlashdi.

Maktabda hadis ilmini oʻrganayotgan yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlarga yuqori baho berildi.

Halima Yaqub xonim hadis maktabi tinglovchilari bilan birga suratga tushdi.

Manba: OʻzA

Check Also

Markaz olimi – yirik anjumanda

Bugun, 24-aprel kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida “Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi …