Home / FOTO LAVHALAR / YANA BIR MUASSASA BILAN HAMKORLIKKA ASOS SOLINDI

YANA BIR MUASSASA BILAN HAMKORLIKKA ASOS SOLINDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bugungi kunda dunyo miqyosida oʻttizdan ortiq nufuzli xalqaro tashkilot va ilmiy muassasalar bilan oʻzaro hamkorlikka oid anglashuv memorandumlarini imzolagan.

Yaqinda yana bir ilmiy dargoh bilan hamkorlikka huquqiy asos solindi. Markaz bilan Moskva shahridagi Imom Muhammad al-Buxoriy nomidagi musulmonlar mahalliy diniy muassasasi oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

2021 yil mart oyida tashkil etilgan muassasa oʻz faoliyatini “Moskva shahri musulmonlari diniy boshqarmasi” markazlashgan diniy tashkiloti tarkibida amalga oshiradi. Ayni paytda bu yerda 300 dan ortiq doimiy oʻquvchi va 1500 nafardan ziyod talaba onlayn tahsil oladi.

Imzolangan hujjatga muvofiq oʻzaro qoʻshma taʼlim va ilmiy dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, talabalar, oʻqituvchi va olimlar malakasini oshirish va xalqaro akademik almashinuvini tashkil qilish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, taʼlim sohasida fundamental va amaliy ilmiy izlanishlar oʻtkazish, xalqaro oʻquv, ilmiy va ilmiy-texnikaviy loyihalar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar uyushtirish, shuningdek, oʻquv va ilmiy adabiyotlar almashish yoʻnalishlarida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …