Home / FOTO LAVHALAR / BUGUN MAMLAKATIMIZDAGI ENG YIRIK KITOB ANJUMANI ISH BOSHLADI

BUGUN MAMLAKATIMIZDAGI ENG YIRIK KITOB ANJUMANI ISH BOSHLADI

Xabar qilganimizdek, poytaxtimizdagi “Hazrati Imom” majmuasi maydonida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan Islom hamkorlik tashkiloti (OIC)ning Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA – IRSIKA), Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (Turksoy) hamda Turkiyaning “TurkTAV” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda “Kitob – kamolot kaliti” II Xalqaro ilmiy-maʼrifiy kitoblar koʻrgazma-yarmarkasi oʻtkazilmoqda.

Bugun tadbirning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi va koʻrgazmaning boshqa qatnashchilari bilan birga xorijiy davlatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik korpus vakillari ham ishtirok etdi.

   

Koʻrgazmada 40 dan ortiq pavilonda xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Qozogʻiston hamda Turkiya noshirlik uylari, yurtimizda faoliyat olib borayotgan qator nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob doʻkonlari diniy-maʼrifiy, ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlar bilan qatnashyapti.

Tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ham jamoa tomonidan nashr etilgan 18 turdagi jami 70 ga yaqin adabiyotni namoyish qilmoqda.

Koʻrgazmaning birinchi ish kunida Markaz vakillari taqdimot qildi. Unda faoliyat natijasida erishilgan yutuqlar, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda koʻrgazmada taqdim etilgan adabiyotlar xususida maʼlumotlar berildi.

   

Kitob bayrami tadbirlari ertaga ham davom etadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz olimi – yirik anjumanda

Bugun, 24-aprel kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida “Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi …