Home / FOTO LAVHALAR / VOQЕLIKKA TЕRAN NAZAR TASHLASH – DAVR TALABI

VOQЕLIKKA TЕRAN NAZAR TASHLASH – DAVR TALABI

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali hamkorligida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda Markaz tomonidan chop etilgan “Sahihi Buxoriy sharhi” va Abd ibn Humayd Keshiyning “Musnadi Keshiy” asarlari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Dastlab, Sirojiddin Abduvoitov yurtimizda azaldan ilmga qaratilgan eʼtiborga ajdodlarimiz qoldirgan boy maʼnaviy meros namunalari dalil boʻlishi, allomalar ilmiy merosini chuqur oʻrganish, tadqiq etish, islom dinining asl mohiyatini keng xalq ommasiga yetkazish maqsadida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida soʻzladi.

Shuningdek, Markaz faoliyati, ayni paytda olib borilayotgan tadqiqotlar, nashr etilgan adabiyotlar, rejalashtirilgan ilmiy loyihalar xususida maʼlumot berdi.

Markaz ilmiy xodimi Tohir Evadullayev bugungi kunda muqaddas dinimizni niqob qilib olgan turli buzgʻunchi kuchlarning kirdikorlarini ochib berdi. Yoshlarni voqelikka teran va chuqur mushohada yuritgan holda nazar tashlashga, hushyor boʻlishga, maʼnaviy tahdid va xatarlarni toʻgʻri baholab, ulardan tegishli xulosalar chiqarishga, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashishga daʼvat qildi.

Bundan tashqari, talabalarga yurtimizdan yetishib chiqqan koʻplab buyuk siymolar orasida dunyo ilm-fani rivojiga munosib hissa qoʻshgan Ahmad Fargʻoniy va Naqshbandiya tariqatining rahnamosi va nazariyotchilaridan biri Maxdumi Aʼzam Kosoniyning ibratli hayot yoʻllari va qoldirgan boy ilmiy merosi, xususan, agrar soha ilmi rivoji yoʻlidagi xizmatlari haqida soʻzlab berdi.

Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Imom Buxoriy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz olimi – yirik anjumanda

Bugun, 24-aprel kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida “Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi …