Home / FOTO LAVHALAR / Al-Azhar kutubxonasiga adabiyotlar toʻplami taqdim etildi

Al-Azhar kutubxonasiga adabiyotlar toʻplami taqdim etildi

Oʻzbekistonning Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat delegatsiya 13 mart kuni al-Azhar majmuasi kutubxonasida boʻldi.

Musulmon olamida muhim ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan mazkur kutubxona bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida nashr qilingan barcha fan sohalariga oid nodir kitoblarni oʻzida jamlagan yirik ilmiy-maʼrifiy maskan hisoblanadi.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari tomonidan kutubxonaga Imom Moturidiy qalamiga mansub “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining ilmiy-izohli tarjimasi taqdim qilindi. Yurtimizda Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimotini oʻrganish uchun yaratib berilgan ulkan imkoniyatlar natijasida dunyo yuzini koʻrgan ushbu tadqiqot kutubxona rahbariyati va xodimlari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Nafaqat musulmon olami, balki dunyoning yirik ilmiy-maʼrifiy maskanlaridan biri sifatida eʼtirof etiladigan al-Azhar kutubxonasida Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr qilingan kitoblarning saqlanishi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarni xalqaro hamjamiyatga keng targʻib qilishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Tasavvuf – yirik ijtimoiy voqelik sifatida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …