Home / FOTO LAVHALAR / ISLOM – TINCHLIK VA MAʼRIFAT DINI

ISLOM – TINCHLIK VA MAʼRIFAT DINI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialida ”Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Islom – tinchlik va maʼrifat dini” mavzuida maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Markaz direktorining oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Otabek Muhammadiyev, boʻlim boshligʻi Tohir Evadullayev, filial direktorining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari X.Turdibekov va boshqalar professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar tegishli mavzularda maʼruza qildi.

Soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlari, islomning tinchlikparvarlik mohiyati hamda unda mutaassiblik va jaholatning qoralanishi, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashishning ahamiyati kabi bugunning qator dolzarb masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Tadbirda, shuningdek, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikning yuksak maʼnaviy qiymati, ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, din niqobi ostida faoliyat koʻrsatayotgan buzgʻunchi oqim va harakatlarning yuzaga kelish tarixi, asl maqsadlari, gʻoyaviy-aqidaviy asoslari, moliyaviy manbalari, faoliyat uslublari va gʻayriislomiy mohiyati keng qamrovli maʼlumot va dalillar asosida ochib berildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …