Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZ XODIMLARI ILMIY-AMALIY SЕMINARDA MALAKA OSHIRDI

MARKAZ XODIMLARI ILMIY-AMALIY SЕMINARDA MALAKA OSHIRDI

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Qadimiy yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi” mavzuida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu anjumanda Markaz ilmiy xodimlari ham ishtirok etdi.

   

Tadbirda asosiy eʼtibor soha xodimlari va mutaxassislarining kasbiy salohiyati va malakasini oshirish boʻyicha oʻzaro tajriba almashishga qaratildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga qadimiy yozma  manbalar davlat reyestrini yuritish, uning ayni paytgacha tayyorlangan jildlari va mazkur yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

      

Tadbir doirasida “Markaziy Osiyoda muqovasozlik tarixi”, “Oʻzbekistonda yozma manbalar restavratsiyasining dolzarb ahamiyati”, “Juma al-Mojid” qoʻlyozmalar markazining manbalar bilan ishlash tajribasi” mavzularida seminar darslari oʻtkazildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …