Home / YANGILIKLAR / Imom Buxoriyning “Al-Jomiʼ as-sahih” asari qoʻlyozmalarining 220 ta elektron nusxasi toʻplandi

Imom Buxoriyning “Al-Jomiʼ as-sahih” asari qoʻlyozmalarining 220 ta elektron nusxasi toʻplandi

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining axborot xizmati rahbari Sherzod Mamatov 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi:

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan 2022 yil davomida buyuk allomalarimiz merosini oʻrganish, keng targʻib etish, nufuzli xalqaro markazlar va universitetlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

  1. Xalqaro aloqalar yoʻnalishida:

Dunyoning nufuzli markaz va universitetlari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.

Markazda 8 ta xalqaro konferensiya, 10 ta onlayn seminar, 3 ta seminar-trening tashkil etildi.

–   Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyasi sohiblari (xorijiy tadqiqotchilar)ning Markazda ilmiy stajirovkalari yoʻlga qoʻyilib, Malayziya, Fransiya, Qozogʻiston kabi davlatlardan nafar tadqiqotchi ilmiy stajirovka oʻtadi.

Malayziya Islom ilmiy universiteti va Turkiyaning Pamukkale universiteti bilan Anglashuv memorandumlari imzolandi. 

Buyuk Britaniyaning London islom madaniyati markazida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr qilingan kitoblar taqdimoti, “Al-Furqon” Islom merosi fondida Qoʻlyozmalarni tadqiq etish va kataloglashtirishning ahamiyati mavzusida” davra suhbati tashkil qilindi.

nafar ilmiy xodim Turkiya qoʻlyozma asarlar Bosh boshqarmasi kitob shifoxona va arxiv ishlari boshqarmasida qoʻlyozma va toshbosmalarni saqlash hamda restavratsiya qilish, 4 nafar ilmiy xodim Anqara shahridagi Islom tafakkuri institutida arab tili, zamonaviy fiqh masalalari, ilohiyot, aqida, hadis va tasavvuf ilmi yoʻnalishlarida tashkil etilgan 1 oylik malaka oshirish oʻquv kurslarida va nafar ilmiy xodim Pamukkale universiteti Islomiy ilmlar institutida tashkil etilgan 2 haftalik malaka oshirish oʻquv kursida oʻqidi, nafar ilmiy xodim Buyuk Britaniyaning Oksford islom tadqiqotlari markazida 5 oylik ilmiy stajirovka oʻtadi. 

– Imom Buxoriyning “Al-Jomiʼ as-sahih” asari qoʻlyozmalarining 220 ta elektron nusxasi toʻplandi.

– Markaz qoʻlyozmalar fondida saqlanayotgan 69 ta kitob (125 ta asar, jami 13457 varaq) skaner qilinib, elektron nusxalari tayyorlandi.

– xorijiy davlatlarning qoʻlyozma fondlarida saqlanayotgan Imom Buxoriy qalamiga mansub 2838 ta qoʻlyozma asarning roʻyxati shakllantirildi.

  1. Ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida:

– 1 nafar ilmiy xodim tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini yoqladi, shuningdek, 4 nafar ilmiy xodimning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari muhokamasi oʻtkazildi, 1 nafar ilmiy xodim fan doktori (DSc) va nafar ilmiy xodim falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari ustida izlanishlar olib bormoqda.

– Markaz ilmiy xodimlari tomonidan yurtimizdan yetishib chiqqan 10 nafar buyuk alloma va mutafakkirlar hayoti va faoliyatiga doir alohida “10 haqiqat” ruknida kichik risolalar va infografik maʼlumotlar hamda 15 ta kitob nashr etildi.

– 237 ta ilmiy ish, shu jumladan, diniy-maʼrifiy soha yoʻnalishiga doir 149 ta maqola OAV, ijtimoiy tarmoq va saytlarda, 41 ta maqola mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda eʼlon qilindi. Shuningdek, xalqaro va milliy miqyosda oʻtkazilgan ilmiy anjumanlarda 47 ta mavzuda maʼruzalar qilindi.

III. Maʼnaviy targʻibot yoʻnalishida:

-taʼlim muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlarida “Oʻzbekiston – buyuk allomalar yurti”, “Jaholatga qarshi -maʼrifat” shiori ostida 384 ta targʻibot uchrashuvlari, davra suhbatlari, kitob taqdimotlari oʻtkazildi.

–   Internet va ijtimoiy tarmoq saytlarida Markazning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga doir 1305 ta maʼlumot eʼlon qilindi.

–   Oʻtgan davr mobaynida Matbuot xizmati tomonidan marta matbuot anjumani, 3 marotaba brifing oʻtkazildi.

–   Xorijiy, markaziy va mahalliy telekanallarda Markaz faoliyatiga oid 92 ta chiqishlar qilindi.

–   Maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishga oid dolzarb mavzularda 36 ta videodars tayyorlanib, Markaz rasmiy sayti hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilindi.

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …