Home / MAQOLALAR / XORAZM MAʼMUN AKADЕMIYASI ALLOMALARINING ANIQ VA TABIIY FANLAR RIVOJIGA QOʻSHGAN HISSASI

XORAZM MAʼMUN AKADЕMIYASI ALLOMALARINING ANIQ VA TABIIY FANLAR RIVOJIGA QOʻSHGAN HISSASI

Dunyo ilmiy-falsafiy  merosi taraqqiyotida qomusiy allomalarning maʼrifiy, falsafiy, tabiiy-ilmiy taʼlimotlari, xususan, dunyoni bilish,  tabiat, olam va odam, inson ijtimoiy mohiyatiga oid qarashlari doirasida fundamental tadqiqotlar olib borilmoqda[1]. Jumladan, dunyo tamadduniga salmoqli hissa qoʻshgan mutafakkirlar ilmiy merosidagi olamning yaralishi, yaratuvchi va inson, koinot, tabiat, ijtimoiy hayot haqidagi taʼlimotning ilmiy jihatlarini tadqiq etish, inson va tabiat munosabatlari mohiyatini ochib berish, tabiiy-ilmiy qarashlarning ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivojidagi oʻrnini asoslash bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda ajdodlar merosidagi olam va odam, tabiat, ijtimoiy hayot, shaxs maʼnaviyati, taʼlim va tarbiyaga oid qarashlarni tadqiq etish, ularning zamon ruhiga mos gʻoyalaridan yosh avlodni munosib vorislar qilib tarbiyalashda foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.“Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim”[2]. Shu jihatdan olganda, Xorazm Maʼmun akademiyasi allomalarining umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllangan falsafiy, tabiiy-ilmiy qarashlarining inson kamoloti uchun konstruktiv  ahamiyatga ega boʻlgan  ekzistensial gʻoyalarini har tomonlama ilmiy-nazariy tadqiq etish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Xorazm Maʼmun akademiyasi allomalarining tabiiy-ilmiy qarashlari koʻplab mutaxassis, soha olimlari tomonidan maʼlum bir jihatlari tadqiq etilgan boʻlib, ijtimoiy falsafiy tafakkur taraqqiyotiga taʼsiri masalalarini yoritishda quyidagi fundamental tadqiqotlar, jumladan, sharqshunos olimlar I.Krachkovskiy3, E.Bertels4, V.Bartold5, B.Rozenfeld6, A.Xalidov7larning monografiyalari muhim metodologik asos boʻldi.

Xorijiy mutaxassis olimlar tomonidan umuman Xorazm Maʼmun akademiyasi allomalarining aniq fanlarga oid taʼlimotlari xususida qator tadqiqotlar eʼlon qilingan. Xususan,  L.Rodet8, G.Rudolf9, A.Sayili10, G.Sarton11, F.Sezgin12, M.Simon13, X.Zuter14, J.Vallis15, E.Videmann16          kabi olimlar ilmiy izlanishlarida koʻrish mumkin.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari olimlaridan B.A.Rozenfeld17, X.F.Abdulla-Zade18, A.A. Semenov19, B.V.Lunin20, M.M.Rojanskaya21 va boshqalar tomonidan Xorazm Maʼmun akademiyasi allomalari merosining turli jihatlariga oid meroslari oʻrganilgan.

Yurtimiz olimlari I.M.Moʻminov22, M.M.Xayrullayev23, A.Ahmedov24, P.G.Bulgakov25, G.P.Matviyevskaya26, B.Abduhalimov27, S.Karimova28, H.Hikmatullayev29, A.D.Sharipov30, T.Usmonov31, J.Ibodov32, R.Bahodirov33 va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan.

Dastlabki manbalar sifatida dissertatsiya mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida muammolar arab va fors tilidagi qoʻlyozmalar asarlarda chuqur iz qoldirganligi aniqlandi, ulardan biri Abu Ali ibn Sino “Kitob ash-Shifo” asarining riyoziy fanlarga bagʻishlangan uchinchi turkumi qoʻlyozmasi, ushbu asar  “Usul  ʻilm al-geometriya” nomi bilan 1976 yilda Qohirada nashr qilingan34. Muallif tomonidan arab tilidan oʻzbek tiliga sharhlar bilan toʻliq tarjima qilinib, ishda foydalanilgan. “Kitab tahrir Usul li-Uqlidis min taʻlifi Nasir ad-Din at-Tusiy” qoʻlyozmasiing arab tilida yozilgan nusxasi Rossiya Fanlar akademiyasining  Sankt-Peterburg boʻlimi qoʻlyozmalar fondida 49/672 raqam ostida saqlanadi35. Asar 1594 yilda Rimda nashr qilingan. Ayrim qismi muallif tomonidan sharhlar bilan tarjima qilingan. Nasir ad-Din at-Tusiyning “Tahrir Uqlidis fi ʻilm al-geometriya” asoslarining Tehronda 1881 yilda chop qilingan nusxasidan mavzuga tegishli boʻlgan Nasir ad-Din at-Tusiyning parallellar nazariyasi toʻgʻrisidagi teorema mufassal oʻrganilgan36. Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chagʻminiyning “Mulaxxas fi-l-hayʼa” asari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanayotgan 10417, 7761/3, 8796/11, 11599/3-raqamdagi nusxalari oʻzbek tiliga muallif tomonidan tarjima qilingan va muomalaga kiritilgan37. Hajjoj ibn Yusuf ibn Matar (VIII asr oxiri – IX asr boshi) “Kitab Uqlidis fi-l-ʻUsul”. asari Sankt-Peterburgdagi Rossiya Fanlar akademiyasida S 2145-raqamda saqlanayotgan qoʻlyozma muallif tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan va xorazmlik olimlarning geometriya sohasidagi Evklid “Negizlar”iga yozilgan sharhlari bilan Hajjoj ibn Yusuf ibn Matarning risolasi qiyosiy jihatdan taqqoslangan38. Nasir ad-Din at-Tusiyning “Majmua ar-rasoʼil” asari Haydarobodda (Hindiston) 1358/1939 yilda nashr qilingan, ushbu asardan Nasir ad-Din at-Tusiyning fanlarni asoslashga doir ayrim maʼlumotlari olingan39. Abu Ali al-Hasan ibn Haris al-Hububiyning “Kitob al-istiqsaʻ va-t-tajnis fi ʻilm al-hisob” asari qoʻlyozmasi oʻzbek tiliga muallif tomonidan tarjima etilgan hamda xorazmlik alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy al-hisobi va riyoziyotga oid masalalar taqqoslangan40.

Abu Ali ibn Sinoning “Kunuz al-maʼrifa» 2385/22-ashyo raqamli qoʻlyozma41 va “Ganj al-maʼruf” 3374/5-ashyo raqamli qoʻlyozmasi42 muallif tomonidan tarjima qilingan.  Shuningdek, Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chagʻminiyning “Al-mulaxxas fil hayʼa” 10417; 7761/3; 8796/11; 11599/3-ashyo raqamli qoʻlyozma43 Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chagʻminiyning “Ash-sharh “Al-mulaxxas fi-l-hayʼa” 2655-ashyo raqamli qoʻlyozma44, “Sharh al-mulaxxas fi-l-hayʼa” 8217, 3935-ashyo raqamli qoʻlyozmalar, jami 20 ta qoʻlyozma muallif tomonidan oʻrganilgan. Husayn ibn al-Hasan al-Xorazmiy al-Kubraviyning “Nuzhat al-mallok fi hayʼat al-aflok” 1207/3-ashyo raqamli qoʻlyozmasidagi maʼlumotlarda aniq fanlarga oid koʻplab maʼlumotlarni olish mumkin45. Abu Nasr Forobiyning “Risola fi mo yasuh va mo lo yasuh min ahkom an-nujum”  2385/32-ashyo raqamli qoʻlyozmaning46 ayrim qismlari muallif tomonidan arab tilidan oʻzbek tiliga oʻgirilgan, Xorazm Maʼmun akademiyasi allomalaridan Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning aniq fanlar sohasidagi ilmiy izlanishlari bilan qiyosiy tahlil qilingan.

Xulosa sifatida shuni taʼkidlash joizki: Xorazm Maʼmun akademiyasi allomalarining merosi alohida tarixiy, aksiologik jihatlari tadqiq oʻrin olgan, Xorazm Maʼmun akademiyasining aniq va tabiiy fanlarga oid boy ilmiy merosidan dunyo ilm-fani sivilizatsiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

[1]Istoricheskoe nasledie uchyonыx mыsliteley srednevekovogo Vostoka, ego rol i znacheni dlya sovremennoy sivilizatsii//Materialы mejdunarodnoy konferensii 15-16 maya 2014 goda. – Samarkand-Tashkent: Uzbekistan, 2014. – S. 47-82.
[2]Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi//“Xalq soʻzi”, 2020 yil. 30 dekabr.
3 Krachkovskiy I. Arabskaya geograficheskaya literatura// I.Krachkovskiy. Izbr. soch-ya. T. IV. – M.-L., 1957.
4 Bertels E. Istoriya persidsko-tadjikskoy literaturы// E.Bertels. Izbr. trudы. – M.: 1960.
5 Bartold V. Kultura musulmanstva// Bartold V. Sochineniya. T. IV. – M.: 1966. – S. 143-204; Uchenыe musulmanskogo “Renessansa”. – S. 617-629.
6 Rozenfeld B., Matvievskaya G. Matematiki i astronomы musulmanskogo srednevekovya i ix trudы (VIII-XVII vv.). 1-kitob. -M.: 1982.
7 Xalidov A. Arabskie rukopisi i arabskaya rukopisnaya traditsiya. -M.: 1985.
8 Rodet L. Lʻalgebre dʻAlkarizmi et les methodes indiens et grecques. Journ. as. ser. 7. T. 11. 1878. – P. 5-100.
9 Rudloff G., Hochheim A. DieAstronomie des Mahmud ibn Muhammed ibn ʻOmar al-Cagmini // Zeitschrift der Deutschen Morgenlandischen Geselschaft, Bd.47, 1893. -P.213-275.
10 Sayili A. Abdulhamid ibn Turkʻun “Katisik Denklemlerde Mantiki Zaruretler” adli yazisi ve zamanin cebri (Logical nacassities in mixed equations by ʻAbd al-Hamid ibn Turk and thealgebra of his time), Text in turkish, english and arabic, Turk Tarih Kurumu Jayinlardan. – Ankara. 1962. VII. Seri. 41. – P. 95; Sayili A. The observatory in Islam. -Ankara, 1960. – 343 p.
11 Sarton  G.  Introduction  to thehistori  of science, vol. I-III. – Baltimore. 1927-1948. –  vol.I. – P.707; Sarton G. Adrian von Romenʻs commentary on Al-Khowarizmi (1598). Isis. vol. 21. 1934. – P. 18-23.
12 Sezgin F. Geaschichte des arabischen Schrifltums. Bd. V. – Leiden, 1974. – P. 45-52; Sezgin F., GAS, Bd V. – Leiden. 1974. Bd. VI. 1978.
13 Simon M. Zu Hwarizmiʻs hisab algabr wal muqabala, Archiv Scripta. math. und phys. Reihe 13. Bd. 28. 1919. – P. 28-39.
14 Suter H. Rezinsion Rushka, Zur altesten arabishen Algebra, Archiv s. math. u phus. Bd.28, 1919. – 232 p.; Suter H. DieMathematiker und Astronomen der Araber und ihre Werke, Leipzig. 1900. – P. 20-38, 72.
15 Wallis J. De postulato quinto et definitione quinta lib. 6 Euclidis; disceptatio geometrica. – Opera mathematica. – Oxoniae. 1693. T. 2. – P. 665-678
16 Wiedemann E. Uber ein von Avicenna hergestelltes  Beobachtungsinstrument.»Zeitschr., fur  Instrumentenkunde». Bd. 45. 1925. –  269-275; Wiedemann  E.  Einleitung   zu  dem  astronomischen  Teil  des Kitab al Schifa  (Werk der Genesung )  von Ibn  Sina,  “Sitzungsber, d.  phys.-med.  Soz.  In Erlangen” –  Bd. 58-59, 1926-1927, 225-227.
17 Rozenfeld B.A. Popыtka kvadratichnogo interpolirovaniya u Abu-r-Rayxana al-Biruni//Istoriko-matematicheskie issledovaniya. – Moskva, 1959. -Vыp. XII. – S. 421-430; Rozenfeld B.A. O rabotax Ibn  Sinы po matematike i astronomii / Abu Ali ibn Sina. K 1000-letiyu so dnya rojdeniya. – Tashkent: Fan,  1980. – S. 342-349.
18 Abdulla-zade X.F. Istoriya astronomii v srednevekovom Xorasane i Maverannaxre (1X – XU vv.): Avtoref. dis… . dok. ist. nauk. –  Dushanbe, 1990. – 43 b.
19 Semenov A.A. Biruni – vыdayuщiysya uchenыy srednevekovya//Biruni – velikiy uchenыy srednevekovya. – Tashkent: Fan, 1950. – S. 38-39.
20 Lunin B.V. Bibliograficheskiy ukazatel sovetskoy literaturы ob Abu Rayxane Beruni i izdaniy tekstov  ego proizvedeniy (1918-1972)// Sbornik statey k 1000-letiyu so dnya rojdeniya Beruni. – Tashkent: Fan, 1973.  – S.186-202;  Lunin B.V. Jizn i trudы Ibn Sinы v otechestvennoy nauke// Abu Ali ibn Sina. K 1000-letiyu so dnya rojdeniya. – Tashkent: Fan,  1980. – S. 212-243.
21 Rojanskaya M.M. Mexanika na srednevekovom Vostoke. – Moskva:  1976. – 328 s.
22 Moʻminov I.Amir Temurning Oʻrta Osiyo tarixida tutgan oʻrni va roli. T:. 1968.y.
23 Xayrullaev M.M. Oʻrta Osiyoda ilk uygʻonish madaniyati. – Toshkent: Fan, 1994. – 78 b.
24 Axmedov A. Axmedov A. Al-Xorezmi – astronom i geograf//Zemlya i vselennaya. № 6. – Moskva: 1983. – S.28-32.
25 Bulgakov P.G. Vklad ibn Sinы  v prakticheskuyu  astronomiyu//Abu Ali ibn Sina. K 1000-letiyu so dnya rojdeniya. – Tashkent: Fan,  1980. – S. 149-157;  Bulgakov P.G.Rumi Kazi-zade. Kommentariy na “Kompendiy astronomii” Chagmini. Predislovie, perevod s arabskogo yazыka i primechaniya chlena-korrespondenta AN Ruz P.G.Bulgakova. – Tashkent: Fan, 1993. – 236 s.
26 Matvievskaya G.P. Uchenie o chisle na srednevekovom Blijnem i Srednem Vostoke. – Tashkent: Fan, 1967. – 341 s.;  Matvievskaya G.P. Abu Rayxan Beruni i ego matematicheskie trudы. -Tashkent: Fan, 1973. – 96.
27 Abduhalimov B. “Bayt al-hikma” va Oʻrta Osiyo olimlarining Bagʻdoddagi ilmiy faoliyati (IX-Xiasrlarda aniq va tabiiy fanlar). – Toshkent: “Toshkent islom universiteti”, –  2004. – 236 b.
28 Karimova S.U. Rol uchyonыx Maverannaxra i Xorasana v razvitii ximii i farmakologii na srednevekovom vostoke (Po pismennыm istochnikam IX–XI vv.): Avtoref. dis… .dok. ist. nauk. – Tashkent: 2001. – 57 s.
29 Hikmatullaev H. Abu Ali ibn Sino ning “Yurak dorilari” risolasi. – Toshkent: Fan, 1966. – 181 b.
30 Sharipov A.D. Velikiy mыslitel Beruni. – Tashkent: Fan, 1972. – 174 s.
31 Usmonov T. Beruniyning fizika tarixidagi oʻrni. – Toshkent: Fan, 1977. – 179-197 b.
32 Ibodov J.H. Markaziy Osiyoda Uygʻonish davri qomusiy olimlarining falsafiy qarashlari vaaniq fanlar sohasidagi kashfiyotlari. – Toshkent: Mevrius, 2009. – 160 b.
33 Baxadirov R.M. Iz istorii klassifikatsii nauk na srenevekovom musulmanskom Vostoke. – Tashkent: Fan, Akademiya, 2000. – 126 s.
34 أبو على بن سينا. أصول علم الهندسة. قاهرة، ۱۹۷۶  
35 7 4 كتاب تحرير أصول لأقليدوس من تأليف نصير الدين الطوسى. راسيه فن لار أكديميه سى سنكت-پتيربورگ بوليمى قوليازمه سى، ۶۷۲/۴۹
36 نصير الدين الطوسى. تحرير اقليدوس فى علم الهندسة. طهران، ۱۸۸۱
37 مود بن محمد بن عمر الݘغمينى. الملخص فى الهيئة. أبو ريحان البيرونى ناميده گى شرقشناس ليك إنستيتوتى قوليازمه لارى، ۱۰۴۱۷، ۷۷۶۱/۳، ۸۷۹۶/۱۱، ۱۱۵۹۹/۳
38 جاج بن يوسف بن مطر. كتاب أقليدس فى الأصول. راسيه فن لار أكديميه سى سنكت-پتيربورگ بوليمى قوليازمه سى، ۲۱۴۵  
39 نصير الدين الطوسى. مجموعة الرسائل. هندستان، حيدرآباد، ۱۳۵۸
40 أبو على الحسن بن الحارث الحبوبى. كتاب الإستقصاء و التجنيس فى علم الحساب. قوليازمه
41 أبو على بن سين. كنوز المعرفة. أبو ريحان البيرونى ناميده گى شرقشناس ليك إنستيتوتى قوليازمه سى، ۲۲/۲۳۸۵
42 أبو على بن سينا. گنج المعروف. أبو ريحان البيرونى ناميده گى شرقشناس ليك إنستيتوتى قوليازمه سى، ۳۳۷۴/۵
43 محمود بن محمد بن عمر الݘغمينى. الملخص فى الهيئة. أبو ريحان البيرونى ناميده گى شرقشناس ليك إنستيتوتى قوليازمه لارى، ۱۰۴۱۷، ۷۷۶۱/۳، ۸۷۹۶/۱۱، ۱۱۵۹۹/۳
44 محمود بن محمد بن عمر الݘغمينى. شرح الملخص فى الهيئة. أبو ريحان البيرونى ناميده گى شرقشناس ليك إنستيتوتى قوليازمه لارى، ۲۶۵۵، ۸۲۱۷، ۳۹۳۵
45 . ين بن الحسن الخوارزمى الكبروى. نزهة الملاك فى هيئة الأفلاك. أبو ريحان البيرونى ناميده گى شرقشناس ليك إنستيتوتى قوليازمه سى، ۱۲۰۷/۳
46 أبو نصر الفارابى. رسالة فى ما يصوح و ما ا يصوح من أحكام النجوم. أبو ريحان البيرونى ناميده گى شرقشناس ليك إنستيتوتى قوليازمه سى، ۲۳۸۵/۳۲
Gularam MASHARIPOVA,
 Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
professor, falsafa fanlari doktori

Check Also

MILLIY KONTENT nima uchun kerak? YOXUD MAQSAD — HUDUDLAPNI EMAS, ONGNI EGALLASH

Yaqinda oʻtgan asrning 40-yillari oxirida suratga olingan filmdan lavha koʻrib qoldim. Unda bir dasturxon atrofida …