Home / FOTO LAVHALAR / “SHUHRATING PORLASIN TOKI BOR JAHON!”

“SHUHRATING PORLASIN TOKI BOR JAHON!”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bagʻishlab “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev ishtirokchilarni ayyom bilan samimiy muborakbod etib,  Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining musiqasi, uning har bir soʻzi xalqimizga xos qadriyatlar, mentalitetimizga xos jihatlarni oʻzida aks ettirgani, uni eshitgan, mazmunini tushungan inson koʻz oʻngida oʻzbek xalqi deganda bagʻrikeng, tinchlikparvar, oʻziga ato etilgan neʼmatlarni qadriga yetguvchi, jannatmakon zaminini koʻz qorachigʻidek asraguvchi millat gavdalanishini taʼkidladi.

Darhaqiqat, Davlat madhiyasi bu shunchaki musiqa emas. Ozod yurtning jahondagi oʻrnini belgilaydigan madhiya davlat istiqboli, xalq irodasini ifodalab qolmay, balki milliy ong va madaniyat, iftixor, milliy gʻurur, imon-eʼtiqodni ham anglatib, qanday yurtda yashayotganimiz, qanday insonlar avlodi ekanligimizni eslatib turadi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar madhiya yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ularni muqaddas burch va maqsadlar yoʻlida birlashtirishda eng taʼsirchan vosita sanalishini, undagi ajdodlar ruhi, ulugʻ xalq qudrati toʻgʻrisidagi purmaʼno soʻzlar esa oʻzini shu yurtning bir qismi hisoblagan har bir vatandoshimizda shijoat, burchiga boʻlgan sodiqlik hissini yanada kuchaytirishini qayd etdi.

Tadbir koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«Sinergetika-3: maʼnaviy meros» nomli kitob taqdimoti oʻtkazildi

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot …