Home / FOTO LAVHALAR / “KONSTITUTSIYA – TARAQQIYOTIMIZ ASOSI”

“KONSTITUTSIYA – TARAQQIYOTIMIZ ASOSI”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 30 yil toʻlishi munosabati bilan “Konstitutsiya – taraqqiyotimiz asosi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev yigʻilganlarni qutlugʻ sana bilan tabriklab, 30 yil muqaddam qabul qilingan tarixiy hujjat xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanini eʼtirof etdi.

Har qanday davlatning yuzi, obroʻ-eʼtibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. U fuqarolarimiz uchun burch va majburiyatlar majmuasi, hayotimizni farovon etish, oʻz haq-huquqlarimizni taʼminlash, jamiyatda qonun ustuvorligini oʻrnatishning eng muhim manbai hamdir.

Ishtirokchilar taʼkidlaganidek, Konstitutsiyamiz inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa asosiy xalqaro hujjatlar talablariga toʻla mos holda fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlarini kafolatlaydi. Ayni paytda amaldagi qonunchilik asoslarini dunyo miqyosida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarga moslashtirish maqsadida respublikamizda konstitutsiyaviy islohotlar oʻtkazilmoqda.

Soʻzga chiqqanlar mamlakatimiz Konstitutsiyasi davr talablariga javoban doimiy rivojlanishdagi hujjat ekani nuqtai-nazaridan unga oʻz vaqtida va oʻz oʻrnida kiritilayotgan har bir oʻzgartish bugungi barqaror taraqqiyotimiz asosi boʻlib xizmat qilishini qayd etdi.

Tadbir koʻtarinki kayfiyat va bayram ruhida oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Tasavvuf – yirik ijtimoiy voqelik sifatida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …