Home / FOTO LAVHALAR / TURKIYADA OʻTAYOTGAN XALQARO SIMPOZIUMDA MARKAZ OLIMI MAʼRUZA QILDI

TURKIYADA OʻTAYOTGAN XALQARO SIMPOZIUMDA MARKAZ OLIMI MAʼRUZA QILDI

Avval xabar qilganimizdek, Turkiyadagi Anqara Yildirim Boyazid va Bursa Uludagʻ universitetlari hamda Samarqand davlat universiteti hamkorligida “Sulton Yildirim Boyazid va Amir Temur” mavzusidagi xalqaro simpozium oʻtkazilmoqda.

      

Simpozium 17 oktyabrda Samarqand shahrida boshlagan ishini ayni kunlarda Turkiyaning Bursa shahrida davom ettirmoqda. Usmoniylar imperiyasining toʻrtinchi sultoni Yildirim Boyazid maqbarasi va madrasa majmuasida tashkil etilgan simpoziumning 3-shoʻba yigʻilishida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Muhammadiyev ishtirok etib, “Temuriylar davrining mashhur kalom ilmi ulamolari” mavzusida maʼruza qildi.

Maʼruzada notiq Amir Temur saltanati hamda temuriylar davrida yashab ijod etgan olimlar va kalom ilmi ulamolari, ular qoldirgan boy ilmiy-maʼnaviy meros toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi.

  

Shoʻba yigʻilishi yakunida Otabek Muhammadiyevga tegishli sertifikat topshirildi.

Xalqaro simpoziumning yopilish marosimi 26 oktyabr kuni Turkiyaning Anqara shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Imom Buxoriyning islom tarixiga oid nodir asari taqdimoti

Joriy yilning 27-mart kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk muhaddis olim, …