Home / FOTO LAVHALAR / MARTABALI MЕHMON ISLOHOTLARNI YUQORI BAHOLADI

MARTABALI MЕHMON ISLOHOTLARNI YUQORI BAHOLADI

Bugun Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga ayni kunlarda mamlakatimizda boʻlib turgan AQSH Davlat departamenti Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha idorasining Markaziy Osiyo boʻyicha koordinatori Robin Shulman tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonni Markaz direktori Shovosil Ziyodov, direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻlimi ilmiy xodimlari kutib oldi.

Tashrif avvalida mehmonga Markazning yaratilish tarixi, bino qurilishining meʼmoriy yechimlari, bu yerda ayni paytda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlari hamda erishilgan natijalar haqida maʼlumotlar berildi.

Shulman Markaz muzeyi bilan yaqindan tanishdi. Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosiga oid eksponatlar mehmonda katta qiziqish uygʻotdi. Markaz ilmiy kutubxonasi faoliyati bilan ham tanishib, kitob fondidan oʻrin olgan adabiyotlar namunalarini koʻzdan kechirdi.

Tashrif davomida mehmonga qoʻlyozma nusxalarini skanerlash jarayoni namoyish etildi.

Muloqot davomida R.Shulman ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining ayni holati hamda mamlakatimizda soʻngi yillarda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar samaralarini yuqori baholadi.

Robin Shulman Markaz rasmiy veb-sayti uchun maxsus intervyu berdi.

Tashrif yakunida mehmonga Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar toʻplami sovgʻa qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Qoʻlyozmalar tadqiqi sohasiga oid xalqaro seminar boshlandi

Bugun, 1-may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi …