Home / YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Imom Buxoriy – muhaddislar sultoni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazilmoqda.

Unda mamlakatimiz va Misr hamda Turkiya davlatlarining 10 ga yaqin olim maʼruzalari tinglanadi.

Xalqaro konferensiyada Imom Buxoriyning diniy-maʼrifiy merosi yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlar umumlashtirilib, bu borada istiqboldagi dolzarb vazifalar belgilab olinishi nazarda tutilgan.

Konferensiya joriy yilning 19 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14.00 da boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va hamkor tashkilotlar yurtimiz hamda xorijdagi ilmiy doiralar vakillari, tadqiqotchilar, jamoat va din arboblarini onlayn/oflayn tarzda oʻtadigan xalqaro konferensiya ishiga taklif etadi.

Konferensiyada onlayn tarzda quyidagi ZOOM videokonferensiya platformasi orqali ishtirok etish mumkin.

https://us02web.zoom.us/j/85779776604?pwd=QjYvMU9PMjFnUS9rejVsZVl3Nkpadz09

Seminar identifikatori: 857 7977 6604

Parol: 123

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …