Home / FOTO LAVHALAR / “USTOZGA EHTIROM – INSONIY FAZILAT”

“USTOZGA EHTIROM – INSONIY FAZILAT”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 1 oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozga ehtirom – insoniy fazilat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev olib bordi.

Soʻzga chiqqanlar buyuk ajdodlarga munosib avlod boʻlish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashashimizda ustozlarning munosib oʻrnini alohida taʼkidlashdi.

Darhaqiqat, har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijalarga erishgan boʻlsak, bu yutuqlarda ustozlarning beqiyos hissasi borligini doimo minnatdorlik bilan eʼtirof etamiz. Ustoz deganda, inson qalbida chuqur hurmat va cheksiz minnatdorlik tuygʻulari, shu bilan birga hech qanday qiymat bilan oʻlchab boʻlmaydigan qarzdorlik hissi paydo boʻladi. Ustozlarimiz oʻgiti va pand-nasihatlariga amal qilib borishimiz bilan ular oldidagi ilk burchimizni ado qilgan boʻlamiz.

Ishtirokchilar bilim va maʼrifat dunyosi sari yoʻl ochib bergan, qalblarga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yoʻlida zahmat chekkan ustoz va murabbiylarga cheksiz ehtiromlarini bildirishdi.

Tadbirda ustozlar sharafiga samimiy tilaklar izhor etildi, Qurʼon tilovati qilinib, savobi oʻtgan ustozlar haqiga bagʻishlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …