Home / FOTO LAVHALAR / “YANGI OʻZBЕKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ!”

“YANGI OʻZBЕKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ!”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida mamlakatimiz Mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlab “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlari ishtirok etgan ushbu anjumanda direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev yigʻilganlarni qutlugʻ ayyom bilan qizgʻin tabriklab, bu yilgi Mustaqillik bayrami uchun “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori bejiz tanlanmagani, yil davomida amalga oshirilgan islohotlarning amaliy mazmunida inson qadri, uning haq-huquqlari ustuvorlik qilganini taʼkidladi.
Darhaqiqat, bu yilgi bayram mazkur bosh gʻoya asosida kutib olinayotgani Prezidentimiz rahnamoligida izchillik bilan amalga oshirilayotgan xalqparvarlik siyosatiga toʻla hamohangligi bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Zero, buning zamirida ulugʻ neʼmat – Mustaqillik, shu muqaddas Vatanda oʻtayotgan tinch hayotimiz, farovon turmushimizning qadriga yetishdek ulugʻ gʻoya va maqsad mujassamdir.

   

Qatnashchilar Mustaqillik – xalqimizga erkinlik va ozod hayot, oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkoniyatini ato etgan, qadriyatlarimiz, tilimiz va dinimiz, yurtimizning barcha boyliklariga egalikni toʻla maʼnoda qaytarib bergan buyuk neʼmat ekanini alohida qayd etdi.
Soʻzga chiqqanlar, shuningdek, joriy yil davomida mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada erishilgan yutuqlarni ham eʼtirof etib, yodda qolarli va quvonchli tarixiy voqealarni tilga oldi.

Tadbir bayramona ruh va koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz ilmiy xodimlari – “Rossiya musulmonlarining VI xalqaro forumi”da

Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining Qozon shahrida joylashgan Bulgʻor islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining VI …