Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZNING NAVBATDAGI MATBUOT ANJUMANI JONLI EFIRGA UZATILDI

MARKAZNING NAVBATDAGI MATBUOT ANJUMANI JONLI EFIRGA UZATILDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasining “Imom Buxoriy” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga sharh hamda “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturi ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Markaz, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Milliy matbuot markazi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Markaz rahbariyati hamda respublika OAV xodimlari ishtirok etdi.

Anjuman avvalida Markaz direktori Shovosil Ziyodov yaqinda davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Imom Buxoriy” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonunning mohiyati toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Matbuot anjumanining asosiy qismida 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Markazda joriy yilning 1-yarim yilligida faoliyatning ayrim yoʻnalishlarida amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumot berildi.

Markaz boʻlimlari boshliqlari Mehrojiddin Amonov va Barot Amonov faoliyatning ilmiy-tadqiqotlar hamda xalqaro aloqalar yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar xususida toʻxtalib oʻtdi.

   

Matbuot anjumani UzReport TV telekanalida hamda telekanalning Youtube va Facebookdagi sahifalari orqali toʻgʻridan toʻgʻri translyatsiya qilindi. Ushbu bilan anjumanni onlayn tarzda kuzatib borish hamda savol, murojaat, ariza yoki shikoyatlarni Milliy matbuot markazining telegramm ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasi orqali yoʻllash imkoniyati yaratildi.

Anjuman soʻngida onlayn kuzatuvchilar, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va matbuot sohasi vakillarini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …