Home / FOTO LAVHALAR / YAPONIYALIK SHARQSHUNOS OLIMLAR – MARKAZ MЕHMONI

YAPONIYALIK SHARQSHUNOS OLIMLAR – MARKAZ MЕHMONI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Tokio universiteti dotsenti, Osiyo tadqiqot kutubxonasining tadqiqotlarni rivojlantirish boʻlimi ilmiy xodimi doktor Yayai Kawahara, Doshisha universiteti qoshidagi Teologiya maktabi professori Moriyama Teruaki va yaponiyalik bir guruh mutaxassislar tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Markaz direktori, tarix fanlari doktori Shovosil Ziyodov qarshi olib, muzey, kutubxona hamda ilmiy faoliyat jarayonlari bilan yaqindan tanishtirdi.

            

Yaponiyalik olimlar Muzeydagi qoʻlyozmalar va kutubxona fondini qiziqish bilan koʻzdan kechirishdi. Ayniqsa qoʻlyozmalar xazinasidan oʻrin olgan nodir manbalar ularda katta taassurot qoldirdi.

Muloqot chogʻida yapon tadqiqotchilari Markazda yaratilgan sharoitlar hamda qoʻlyozmalar bilan ishlash va ularni tadqiq etish, raqamlashtirish va kataloglarini yaratish borasida qilinayotgan ishlar koʻlamidan mamnun boʻlganlarini taʼkidlashdi. Istiqbolda tadqiqotlar yoʻnalishida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Mehmonlarga Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar toʻplami hadya etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …